Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Ronaldu Pele qayd etgan rekordni yangiladi

Turin shahrining “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “A” seriyaning 27-turida “Kalyari” darvozasini uch marotaba ishg‘ol etdi va rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 770 taga yetkazdi.
Ronalduning bu natijasi braziliyalik futbol qiroli Pele qayd etgan rekordni yo‘qqa chiqardi. Pele faoliyati davomida rasmiy o‘yinlarda jami 767 ta gol urgan bo‘lib, bu rekordni uzoq yillar davomida hech kim yangilay olmagan edi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu va Peledan so‘ng rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida sobiq chexoslovakiyalik Yozef Bitsan bormoqda. U jami 759 golni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan.
Muallif: uza
https://uza.uz/posts/248935
Ulaşiş




