Ronaldu maydonga tushishga tayyor
Portugaliya terma jamoasi safida mundialda beshta uchrashuv o‘tkazgan hujumchi uch bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Krishtianu Ronaldu uzoq tanaffusdan so‘ng yana rasmiy uchrashuvda maydonga tushishga yaqin. 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" — "Ar-Riyod" bahsi uchun qaydnomaga kiritildi.
21-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Ronaldu uchun joriy mavsumdagi ilk rasmiy o‘yin bo‘lishi mumkin. U 2026-yilgi Jahon chempionatidan buyon rasmiy bahslarda qatnashmagan.
Portugaliya terma jamoasi safida mundialda beshta uchrashuv o‘tkazgan hujumchi uch bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgandi. Portugaliyaliklar esa turnirdagi yurishini 1/8 final bosqichida yakunlagan.
Ronaldu o‘tgan mavsumda ham "An-Nasr" hujumining asosiy kuchi bo‘lib qoldi. U barcha musobaqalarni hisobga olganda 37 ta o‘yinda 30 ta gol urdi va jamoadoshlariga uchta golli uzatma berdi.
Avvalroq portugaliyalik yulduz 2026/27-yilgi mavsum uning professional futboldagi so‘nggi mavsumi bo‘lib qolishi mumkinligini aytgan edi.