Ronaldu JCh-2026 jo‘nab ketish oldidan Portugaliya prezidentiga sovg‘a taqdim etdi (foto)
Terma jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari JCh-2026 musobaqasiga yo‘l olishdan oldin futbolchilar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazgan.
Portugaliya milliy terma jamoasi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatiga jo‘nab ketish oldidan mamlakat prezidenti Joze Seguruga esdalik sovg‘asi topshirdi.
Terma jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari JCh-2026 musobaqasiga yo‘l olishdan oldin futbolchilar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida Ronaldu prezidentga terma jamoaning rasmiy libosini hadya qildi.



Joriy yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Portugaliya milliy terma jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya, O‘zbekiston va DR Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.