Buxoro viloyati Romitan tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida hududdagi 42 ta korxona, tashkilot va muassasa o‘zlaridagi 334 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Aholi vakillariga taklif qilingan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida 200 nafarga yaqin ishsiz fuqaro qatnashgan bo‘lsa, ularning 120 nafarini yoshlar, 60 nafardan ortig‘ini esa xotin-qizlar tashkil etdi. Tadbirda ularga korxona va tashkilotlardan qatnashgan mas’ul vakillar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Muhimi, tumandagi yirik sanoat  korxonalaridan hisoblangan “WBM Romitex” MCHJ korxonasiga shu kunning o‘zida 16 nafar xotin-qiz hamda 1-sektor hududidagi  “Qo‘rg‘on tomorqa xizmati” MCHJga 6 nafar yoshga doimiy ishlash uchun yo‘llanma berildi. 

Bundan tashqari, tadbir davomida o‘z tanloviga binoan 17 nafar fuqaro Romitan kasb-hunarga o‘qitish markaziga kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘l olishgan bo‘lsa, ishsiz fuqarolardan yana 31 nafari maosh to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 2 nafari shu kuni mahallada ish yurituvchi sifatida ishga joylashdi. E’tiborlisi, birgina tadbir natijasida jami 73 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. 

–Yarmarkada ishtirok etib, o‘zimga mos ishni topdim, –deydi Gulsara Pirimova. –Bundan juda ham xursandman. Endi mening ham o‘z ish o‘rnim bor. Oilam daromadiga daromad qo‘shaman.  

Shuningdek, tadbir davomida tumandagi tijorat banklari tomonidan ehtiyojmand oilalar vakillari, ishsiz xotin-qizlarga yuk tashish mototsikllari, minitraktor va motokultivatorlar, sartaroshlik, “Go‘zallik saloni” uskuna va anjomlari, non va qandolat mahsulotlari pishirish pechlari, tikuv mashinalari imtiyozli kredit mablag‘i asosida rasmiylashtirib berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Romitanda mehnat yarmarkasi