Robotni boshqarib turganlarning ish haqi 8,80 dollar
Tokioda falaj kishilar tomonidan masofadan boshqariluvchi robotlar ofitsiantlik qiladigan “DAWN ver.β” kafesi ishga tushdi.
Tokioda falaj kishilar tomonidan masofadan boshqariluvchi robotlar ofitsiantlik qiladigan “DAWN ver.β” kafesi ishga tushdi.
NextShark xabariga koʻra, Akasaka tumanidagi bu kafe robotlar ishlab chiqaruvchi Ory kompaniyasi, Nippon jamgʻarmasi va All Nippon Airways aviakompaniyasi hamkorligi samarasi boʻldi. Robotni boshqarib turganlar Yaponiyadagi meʼyoriy ish haqi – soatiga 1000 iyen, yaʼni 8,80 dollar oladi.