Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida kamera va miltillovchi chiroqlar bilan jihozlangan to‘rt g‘ildirakli robot paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu yangilikka kimdir ishondi, yana kimdir ishonmadi. Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati boshlig‘i Muzifa Sultonovadan asosli ma’lumotlar oldik.
- Mazkur robot-nozirning asosiy vazifasi aholi yashash hududlarida profilaktika inspektori uchun yordamchi bo‘lib ishlashi belgilangan, - deydi podpolkovnik Muzifa Sultonova.
- Robot bir vaqtning o‘zida shahar, tuman, mahalla va qishloq hududlarida jinoyatchilikning oldini olish, targ‘ibot ishlarini olib borishdan tashqari, hududdagi huquqbuzarliklarni qayd etadi va videotasvirlarni profilaktika inspektorining planshetiga yuboradi. Robot 180 va 360 darajali tasvirga olish va qayd etish kameralari bilan jihozlangan va u JPS orqali harakatlanadi. Shuningdek, unga o‘rnatilgan mayoqcha huquqbuzarliklardan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan. Har qanday ob-havo sharoitida harakatlana oladi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara oladi. Hozirda robot sinovdan o‘tish jarayonida.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NLfAVHplEe0" title="Robot-nozir haqida nimalar maʼlum" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ibrohim Dushanov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA