Roberto Martines: "Ronaldu tarixni o‘zgartirgan yagona tarixiy futbolchi"
Ronaldu 3 yilda 30ta uchrashuvda 25ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu - futbolni o‘zgartirgan yagona tarixiy kumir. Biz unga bog‘liqmiz. U bo‘sh hududlar ochishda ideal futbolchi. O‘zi bilan ikkita uchta futbolchini tortib keta oladi va gollar urishda ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. Uning terma jamoa safidagi so‘nggi 3 yiliga e’tibor beradigan bo‘lsak, 30ta uchrashuvda 25ta gol urishning uddasidan chiqdi. Bu esa 41 yoshli futbolchi uchun shunchaki dahshatli natija", - dedi Martines.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi joriy FIFA kunlarida Ronaldusiz ishtirok etmoqda.