IQTIBOS
BMT Bosh Assambleyasi haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida global biznes rahbarlari va AQSH hukumati vakillari ishtirokida kechgan O‘zbekiston – AQSH davra suhbatida “Oppenheimer & Co. Inc.” investitsiya banki prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Lovental ham qatnashdi. Anjumandan so‘ng u darhol ijtimoiy tarmoqda muloqotdan olgan taassuroti bilan o‘rtoqlashdi.
Robert LOVENTAL, “Oppenheimer & Co. Inc.” investitsiya banki prezidenti va bosh ijrochi direktori:
– Muzokara asosiy tarmoqlar – yetkazib berish zanjiri, texnologiya, energetika, infratuzilma va “aqlli” qishloq xo‘jaligi sohalarida sheriklikni kengaytirishga qaratildi. Biz kapitalni imkoniyat bilan bog‘lab, global hamkorlikni mustahkamlayotgan muloqotga hissa qo‘shayotganimizdan mamnumiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/cDwz_HArVf4?si=fOGX7ur8-zawhd1M" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abduaziz Xidirov, O‘zA