Risolat Haydarova ijodi – nasr, tarix va tarjima uyğunligi
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida adiba, mohir tarjimon va publitsist Risolat Haydarova tavalludi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy keça bölib ötdi. Tadbir doirasida muallifning «Erk» va «Saylanma» kitoblari taqdimoti ham ötkazildi.
Unda adabiyot vakillari, adabiyotşunos olimlar, tarjimonlar va keng jamoatçilik iştirok etdi. Uçraşuvda Risolat Haydarovaning nasriy asarlari, ijodiy izlanişlari, jahon adabiyoti namunalarini özbek tiliga tarjima qiliş hamda xalqaro adabiy aloqalarni rivojlantiriş borasidagi faoliyati muhokama qilindi.
Keçada sözga çiqqan ijodkorlar adibaning adabiyotdagi örni, nasriy asarlarining mavzuviy qamrovi va badiiy xususiyatlari haqida fikr bildirdilar. Xususan, nasrda öziga xos uslubni şakllantiriş, tarixiy mavzularga murojaat qiliş va inson taqdirini badiiy tahlil etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbirda xorijiy adabiy taşkilotlar vakillarining videotabriklari ham namoyiş etildi. Tatariston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Rkail Zaydullin, Belarus Yozuvçilar uyuşmasi raisi Ales Karlyukeviç, «Bişkek» almanaxi boş muharriri Jildiz Aqayeva va Qirğiziston Yozuvçilar uyuşmasi raisi maslahatçisi Begijon Ahmedov öz tabriklarini yölladilar.
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professori «Suyumbika» tarixiy romani misolida adibaning tarixiy mavzularga yondaşuvi, asardagi voqealar va obrazlar talqini, tarixiy materialning badiiy ifodasi xususida söz yuritdi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bölimi boşliği esa Risolat Haydarovaning tarjimonlik faoliyati, xorijiy adabiyot namunalarini özbek tiliga ögiriş va xalqaro adabiy hamkorlikdagi iştiroki haqida töxtaldi.
Şuningdek, «Jahon adabiyoti» va «Şarq yulduzi» jurnallari boş muharrirlari, Badiiy tarjima kengaşi, Qozoq va Tojik adabiyoti kengaşlari vakillari ham adibaning asarlari, tarjimaçilik faoliyati va adabiy aloqalar xususida öz fikrlarini bildirdilar.
Tadbirning muhim qismi yangi naşr etilgan «Erk» va «Saylanma» kitoblari taqdimotiga bağişlandi.
«Erk» kitobidan tarixiy mavzudagi önta hikoya örin olgan. Ularda ozodlik, erk, xalqlarning taraqqiyot va mustaqillik yölidagi kuraşi kabi mavzular yoritilgan. Hikoyalarning mavzuviy qamrovi özbek xalqi tarixi bilan çeklanmay, turkiy xalqlar va jahon tarixidagi muhim voqealarni ham öz içiga oladi. Muallif uşbu turkum ustida 2024–2026-yillar davomida iş olib borgan. Kitob «Zukko kitobxon» naşriyoti tomonidan çop etilgan.
«Saylanma» töplamidan esa adibaning «Javzo» tarixiy romani va turli yillarda yozilgan hikoyalari joy olgan. 2011-yilda ilk bor naşr etilgan «Javzo» romani muallifning nasrdagi dastlabki yirik asarlaridan biri bölib, undagi badiiy yondaşuv va muallif uslubi keyingi ijodiy izlanişlarida ham davom etgan. Töplamga kiritilgan hikoyalar esa adibaning turli yillardagi ijodiy tajribasi va nasriy mavzularini bir naşrda jamlaydi. Kitob «Adabiyot» naşriyotida çop etilgan.[gallery-32770]
Risolat Haydarova 1966-yili Toşkent şahrida tuğilgan. 1989-yilda Toşkent davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2014-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Adibaning «Mağrura» (2007), «Karantin» (2020) qissalari, «Javzo» (2011), «Suyumbika» (2024) tarixiy romanlari, «Ğurğurtepada saraton» (2021) hikoyalar turkumi va «Sebzor» (2023) nasriy töplami naşr etilgan. Uning asarlari Qozoğiston, Bolgariya, Belarus va Rossiyadagi adabiy naşrlarda ham eʼlon qilingan.
Risolat Haydarova tarjimon sifatida ham samarali faoliyat yuritadi. U Ivan Bunin, Aleksandr Soljenitsin, Ivo Andriç, Vladimir Korotkeviç, Umar Sayfiddin va Şarqiy Yevropa adabiyotining boşqa vakillari asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Adabiyot va madaniyat sohasidagi xizmatlari uçun 2021-yilda «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Tadbir yakunida Risolat Haydarova iştirokçilarga bildirilgan tabriklar va fikr-mulohazalar uçun minnatdorlik bildirdi.
Adabiy uçraşuv adibaning nasriy ijodi, tarixiy mavzularga murojaati, tarjimonlik faoliyati va yangi kitoblari xususida fikr almaşiş uçun maydon böldi. Taqdim etilgan «Erk» va «Saylanma» kitoblari muallifning turli davrlardagi ijodiy izlanişlari va adabiy faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.
Nazokat Usmonova,
Öktam Hayitov (surat), ÖzA