O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida olimpiada harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq:

1. Quyidagi sportchilar biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:

oltin medal olgani uchun

har biri 200 000 AQSh dollari bilan:

Nurudinov Ruslan Shamilevich – og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Zoirov Shaxobidin Shokirovich – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Gaibnazarov Fazliddin Xasanbayevich – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

kumush medal olgani uchun

har biri 100 000 AQSh dollari bilan:

Giyasov Shaxram Djamshedovich – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

bronza medali olgani uchun

har biri 75 000 AQSh dollari bilan:

Axmadaliyev Murodjon Qahor o‘g‘li – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Tulaganov Rustam To‘lqin o‘g‘li – boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Sobirov Rishod Rashidovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Urozboyev Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Tasmuradov Yelmurat Zulipxar-uli – yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Navruzov Ixtiyor Karimovich – erkin kurash bo‘yicha terma jamoa a’zosi;

Ibragimov Magomed Idrisovich – erkin kurash bo‘yicha terma jamoa a’zosi.

2. Belgilab qo‘yilsinki, pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisobraqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilsin.

4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2016-yil 23-avgust

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida