Rim shahrida O‘zbekiston – Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi (+video)
Rim shahrida joylashgan “Roma Tre University”da Italiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida navbatdagi forumi tashkil etildi.
Mazkur yig‘in ikki davlat o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion ilmiy loyihalarni kengaytirish hamda ta’lim tizimida strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratildi.
Anjuman doirasida innovatsiyalar va akademik hamkorlik bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy grantlar, zamonaviy ta’lim dasturlari va talabalar almashinuvi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, raqamli transformatsiya, muhandislik, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari, tibbiyot hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, dastur davomida O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Rim shahrida tahsil olayotgan o‘zbek talabalari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
Tadbir yakunida tomonlar hamkorlik kelishuvlari doirasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.
Ta’kidlanganidek, ushbu konferensiya mamlakatlarimiz o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajriba va innovatsion yechimlar almashinuvini rag‘batlantirish, shuningdek, yoshlarning xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu muloqot va kelishuvlar kelgusida yangi loyihalar, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda keng qamrovli hamkorlik tashabbuslariga mustahkam zamin yaratadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M3qrd9nEllk" title="Rim shahrida O`zbekiston – Italiya ta’lim forumi o`tkazildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madina Xudoyberdiyeva, O‘zA
Rim, Italiya