Rossiya so‘nggi tunda Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Ukraina havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 400 dron va bir ballistik raketa uchirilgan, asosan Xarkov, Krivoy Rog va Vinnitsa shaharlariga qaratilgan hujum tufayli kamida 15 kishi yaralangan, energetika infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan.

"Reuters" xabariga ko‘ra, Krivoy Rogda elektr ta’minoti uzilib, 80 000 xonadon qorong‘ida qolgan. Ayrim hududlarga suv bormay qo‘ygan. 17 yoshli o‘smir og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada hayot uchun kurashmoqda.

Vinnitsada sakkiz kishi yaralangani xabar qilindi. Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski shu shahardagi polyak tadbirkoriga tegishli zavodga uch tomondan hujum uyushtirilganini ma’lum qildi va bu voqeani “chegaraga yaqinlashayotgan tahdid” deya baholadi.

Xarkov viloyatida 20 daqiqa ichida 17 marta portlash ovozi eshitilib, uch kishi jarohatlangan. Kiyevda havo mudofaasi faollashgan bo‘lsa-da, talafot qayd etilmadi.

Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiyaning harakatini "rejalashtirilgan terror" sifatida baholab, Yevropa va AQSHdan qo‘shimcha havo mudofaasi vositalari yetkazib berishni so‘radi. Tramp ham hujumni Ukrainaga harbiy yordamni oshirish uchun asos sifatida ko‘rsatdi.

Rossiya urush boshlangandan beri Ukraina shaharlaridagi energetika va fuqarolik infratuzilmasini muntazam nishonga olmoqda. Moskva bu ob’ektlarni harbiy ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Kiyev esa cheklangan miqyosda Rossiya hududiga zarba bilan javob qaytarmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF Ukraina energetika tizimini nishonga oldi