RF Armanistonda harbiy salohiyatini oshirmoqda (mi)?
Ukraina harbiy razvedkasi (HUR) Moskvaning Janubiy Kavkazda ko‘proq ta’sir o‘tkazish va “global xavfsizlik vaziyatini beqarorlashtirish” uchun Gyumri bazasida o‘z kuchlarini oshirayotganini da’vo qilmoqda, ammo Armaniston Tashqi ishlar vazirligi bu xabarni rad etdi.
Oradan bir necha kun o‘tib, HUR Rossiya Qurolli kuchlarining Armanistondagi o‘z harbiy bazasini to‘ldirish to‘g‘risidagi hujjatini e’lon qildi.
Ushbu hujjatda qo‘mondonlarga ayrim ko‘rsatmalar berilgan. Unda professional tayyorgarlik, psixologik chidamlilik va jangovar tayyorgarlikning aniq mezonlari belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, Gyumri 100 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan Armanistonning ikkinchi yirik shahridir. U poytaxt Yerevandan 100 km shimoli-g‘arbda joylashgan bo‘lib, Ozarbayjonning eng yaqin ittifoqchisi Turkiya bilan atigi 3,5 km uzoqlikda joylashgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA