Rezervatda bugʻular uchun joy torlik qilmoqda
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Oʻzbekistonda ushbu toifadagi birinchi qoʻriqlanadigan hudud sanaladi.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Oʻzbekistonda ushbu toifadagi birinchi qoʻriqlanadigan hudud sanaladi.
Biosfera rezervatining asosiy vazifasi tabiatni muhofaza qilish va shu bilan birga tabiiy resurslardan barqaror foydalanish hisoblanadi. Rezervat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ikkita tumani – Beruniy va Amudaryo hududida joylashgan boʻlib, uchta qismdan iborat. Bu qismlar Baday-Togʻay, Jumirtau, Nazarxon deb ataladi.
68 ming 717 gektar maydonni egallagan Amudaryo biosfera rezervati toʻqayzorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan boʻlib, ular Oʻzbekistondagi qolgan barcha toʻqayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo toʻqayzorlarining 20 foizini tashkil etadi. Toʻqayzorlar tabiiy ozuqa zaxirasiga boy boʻlgani bois yovvoyi hayvonlarning koʻplab turlariga makondir. Bugungi kunda biosfera rezervati hududida umurtqali jonivorlarning 356 turi, shu jumladan, baliqlarning 43, sudralib yuruvchilarning salkam 30, qushlarning 246, sut emizuvchilarning 36 turi roʻyxatga olingan boʻlsa, oʻsimliklarning 419 xili uchraydi. Ularning aksariyati Qizil Kitobga kiritilgan.

Amudaryo boʻyida joylashgan ushbu ajoyib maskanda Buxoro hanguli bugʻulari koʻpaytiriladi. Bir vaqtlari bu yerga olib kelingan 8 bosh bugʻular soni hozirda ming boshga yaqinlashdi.
Hudud 300-400 bosh bugʻuga moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda ularni boqish, oʻt-yem bilan taʼminlash muammoga aylangan. Hozirgi kunda ularning yarmini “Nazarxon” uchastkasiga koʻchirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Quyi Amudaryo biosfera rezervatida yana bir muammo – suv taqchilligidir. Buning oqibatida qoʻriqxonalar hududida oʻsimliklar kamayib bormoqda.

Amudaryoning quyi qismida sugʻoriladigan dehqonchilik muammosi ancha avval, yaʼni aholi oʻtroq yashash tarziga oʻtgandan soʻng paydo boʻlgan. Bugungi kunda Orol dengizi mintaqasida suv tanqisligi sezilarli darajada oshdi. Shuningdek, mintaqaning iqlimiga taʼsir etuvchi turli xil antropomorf omillar tufayli qishloq xoʻjaligida, sanoatda va butun insoniyat hayotida ularning taqchilligi ortdi.
Bunday sharoitda, inson taraqqiyoti va tobora oʻsib boradigan faoliyatning taʼsiriga uchragan tabiatni muhofaza qilish va barqaror saqlash juda muhimdir.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) 2018-yil yanvar oyidan boshlab Amudaryoning quyi oqimidagi yerlardan foydalanish va ekotizimlarni saqlashga qaratilgan loyihani boshladi. Uning maqsadi Amudaryoning quyi qismida yerdan foydalanishda ekotizim yondashuvlarini ishlab chiqish va qoʻllashdir. Loyihada iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillikni saqlash va himoya qilishda turli xalqaro amaliyotdan foydalangan holda toʻqaylarni saqlab qolish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Loyiha mintaqalararo boʻlib, Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Turkmanistonda amalga oshirilmoqda. Atrof-muhit obyektlarining holati toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda ekotizim xizmatlarining tavsifi boʻyicha qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazildi, ijtimoiy-iqtisodiy tahlil oʻtkazildi. Barcha tadqiqotlar natijalari ikki mamlakatdagi qaror qabul qiluvchilarga taqdim etiladi.

Mazkur loyiha Qoraqalpogʻistonda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati bilan yaqin hamkorlik qiladi. Qoʻriqxonaning moddiy-texnik bazasini, ilmiy qismini kuchaytirishga, ayniqsa, xodimlar malakasini oshirish va oʻqitish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qoʻriqxonaning butun maydonini xaritaga olish uchun CIRAD - Fransiya qishloq xoʻjaligini tadqiq etish xalqaro taraqqiyot markazi mutaxassislari jalb qilindi.
Qoʻriqxona hozirda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufidan chiqarilib Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazilgan.