AOKAda “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati ishtirokida Prezidentimizning joriy yilning 11 martdagi “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezident qarori bilan O‘zbekistonning isitish tizimini isloh qilish rejalashtirilmoqda. Eski qozonxonalar va tarmoqlar yangilanadi, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti qamrovi kengaytiriladi.

Davlatimiz rahbarining yuqoridagi qaroriga asosan, kelgusi 5 yilda amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlar belgilab olingan. Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, vazirlik issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi. 

Qarorga asosan, mamlakatimizdagi 103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmog‘ini yangilash belgilangan. Davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. 

Shuningdek, markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizga yetkazish, tizimdagi yo‘qotishlarni 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish belgilangan. Ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalariga 8 ming 681 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish, markazlashgan issiqlik ta’minotini yopiq tizimga o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan. 

Anjumanda qayd etilishicha, issiqlik qozonxonalari va issiqlik tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari uchun xalqaro moliya institutlaridan 257 million AQSH dollari jalb qilinadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,6 trillion so‘m ajratiladi. 

Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni mustahkam va barqaror moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan maqbul shartlardagi kreditlar, grantlar va texnik yordamlar jalb qilinadi.

Bugungi kunda qaror ijrosi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Jamiyat huzurida 22 ta issiqlik ta’minoti korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etildi. 2025 yilda 9 ta qozonxona va 161 km issiqlik tarmog‘ini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 20 ta qozonxona va 83 km issiqlik tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda 2025/2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 53 ta isitish qozonlari va 93 km issiqlik tarmoqlari mukammal ta’mirlanadi. 

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilda Nukus va Buxoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni boshlash choralari ko‘rilmoqda. Markazlashgan issiqlik ta’minotini yopiq tizimga o‘tkazish dasturi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Joriy yilda loyihalarni boshlash uchun xalqaro moliya institutlaridan 68 million AQSH dollari jalb qilinmoqda. 

Shuningdek, bu yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 320 milliard so‘m ajratildi. Bundan tashqari, Davlat byudjetidan issiqlik ta’minoti tizimini yopiq tizimga o‘tkazish chora-tadbirlari uchun 50 milliard so‘m, yangi istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 10 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining 1 million AQSH dollari grant mablag‘lari jalb etilmoqda. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikadagi 103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmog‘i yangilanadi