O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun ikki barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta
va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1 tadan etib belgilansin;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etilsin;

v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etilsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladi va tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi;

qo‘shma ta’lim dasturi asosida davlat oliy ta’lim muassasasini, respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotining filialini yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq ta’lim sohalarini inobatga olgan holda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun nomli davlat stipendiyalarining tanlov yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlasin;

har yili bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kvotalari bo‘yicha takliflarni oliy ta’lim muassasalari kesimida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib borsin;

tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin.

4. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2022 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi PF–555-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
         Prezidenti                    Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 9 sentyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida