Maktabgacha va maktab ta’limi, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa tuzilmalar vakillaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”, ya’ni 19-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Prezidentimizning joriy yil 15 noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida yangi me’yorlarga ko‘ra, respublikamizning har bir shahar va tumanida bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu “Jasorat maktablari”da, shu jumladan, Paxtakor tumanidan tanlab olingan 19-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ham matematika, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT), tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilmoqda.

Ana shu kabi ta’lim muassasalarida o‘qish uchun o‘quvchilarni saralash bundan buyon 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi. Shu o‘rinda “Jasorat maktablari”da robototexnika, kelajak o‘yinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport o‘yinlari kabi to‘garak mashg‘ulotlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Tumandagi ushbu maktab o‘quvchilari  2024-2025 o‘quv yili davomida ikki marotaba Jizzax garnizoniga qarashli harbiy poligonda har chorakda bir marta harbiy qismda amaliy mashg‘ulotlar olib borishi ham ko‘zda tutilgan.

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab esa “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan, “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo‘lgan bir nafardan o‘quvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Ishchi guruh a’zolari davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 noyabrdagi yuqorida nomi qayd etilgan qarorining ijrosi doirasida muassasada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan e’tibor va tashabbuslar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Mutasaddilarga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ishchi guruhi Paxtakordagi “Jasorat maktabi” faoliyati bilan tanishdi