AOKAda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi axborot xizmati rahbari Charos Omonova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda qayd etilishicha, joriy yil 14 iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘ylab jami 200,3 ming tonna urug‘lik don jamg‘arilgan. Bu ko‘rsatkich dastlab belgilangan rejaga nisbatan 100,1 foizga bajarilganini anglatadi. Yig‘ilgan urug‘lik donining 47,1 foizi don korxonalarida, 36,2 foizi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi korxonalarda, 16,4 foizi klasterlarda va 0,4 foizi Milliy markaz tizimidagi tashkilotlarda saqlanmoqda.

Yurtimizda 2026 yil hosili uchun g‘alla ekinlariga mo‘ljallangan urug‘lik zaxirasini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2025 yilgi hosildan boshlab sifatli va navdor urug‘lik don yetishtirish tizimi joriy etildi. Ushbu maqsadda “Agroplatforma” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tanlovlar tashkil etilib, 2 ming 913 ta qishloq xo‘jaligi sub’ekti tanlab olindi, ularga 79 ming 755 gektar maydon biriktirildi.

Urug‘lik ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlar sifati, nav tozaligi va sertifikatlash mezonlari bo‘yicha monitoring ishlari olib borilgan. “E-urug‘” axborot tizimi orqali amalga oshirilgan aprobatsiya tadbirlari natijasida 261 ta sub’ektga tegishli 15,2 ming gektar maydon talabga javob bermagani sababli urug‘lik sifatida tan olinmadi va zaxiraga kiritilmadi. Ayni paytda 2 ming 613 ta sub’ektga tegishli 64,7 ming gektar maydon yaroqli deb topildi va ulardan urug‘lik don yig‘ib olish ishlari yakunlandi.

Hududlar kesimida olib qaralganda, eng ko‘p urug‘lik don yetishtirilgan maydonlar Farg‘ona (8178 ga), Toshkent (8001 ga), Qashqadaryo (8608 ga), Samarqand (8599 ga) va Sirdaryo (7068 ga) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu natijalar nafaqat urug‘chilik tizimidagi islohotlarning samarasi, balki qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi orqali erishilgan natijalar sifatida qayd etilmoqda.

Bu zaxira 2026 yil hosili uchun yuqori sifatli va sertifikatlangan g‘alla urug‘liklarini ta’minlash orqali respublika bo‘yicha barqaror hosildorlikka erishishga xizmat qiladi. Shuningdek, urug‘lik sifatini doimiy monitoring qilish va tasdiqlash tizimi orqali bozor talablari asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari kengaymoqda.

2026 yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirishni rejalashtirayotgan qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinmoqda. Mazkur tanlov “E-urug‘” axborot platformasi orqali 2025 yil 15 iyuldan 5 avgust soat 18:00 ga qadar onlayn shaklda o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni istagan fermer xo‘jaliklari, klasterlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa manfaatdor sub’ektlar belgilangan muddatda platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va zarur hujjatlarni elektron tarzda yuklashlari zarur.

Tanlovning asosiy maqsadi 2026 yil hosili uchun sifati, navdorligi va agrotexnik talablarga javob beradigan g‘alla urug‘larini yetishtirishda ishtirok etuvchi mas’ul va tajribali sub’ektlarni aniqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va urug‘chilik tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.

Tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq, tanlov yakunida g‘olib deb topilgan sub’ektlarga urug‘lik g‘alla yetishtirish uchun maydonlar biriktiriladi hamda ular ustidan monitoring va aprobatsiya tadbirlari olib boriladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika bo‘ylab 200,3 ming tonna urug‘lik don jamg‘arildi