“Yashilloyiha” loyihalash institutida RESILAND CA+ dasturi doirasida ekologik klassifikatsiya masalalariga bag‘ishlangan amaliy muhokama tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jahon banki missiyasi va O‘zbekistondagi asosiy hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Muhokama jarayonida ekologik klassifikatsiya ishlari, uning metodologik asoslari va amaliyotdagi natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ekologik klassifikatsiya jarayonlarini har tomonlama tahlil qilish, mavjud uslubiy yondashuvlarni takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan xatolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Muhokamalar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Ekologik klassifikatsiyadagi me’yoriy va uslubiy yondashuvlar
• Geoma’lumotlar va xaritalar asosida tahlil qilish usullari
• SMART Forestry va boshqa raqamli platformalar bilan integratsiya masalalari
• Joylarda kuzatilayotgan muammolar: ma’lumotlar yetishmovchiligi, standartsizlik, tasniflashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar
• Yashilloyiha institutining hududiy loyihalar asosida taqdim etgan amaliy taklif va yechimlari
Tadbirda Jahon bankining ekolog mutaxassislari: Asferacho Abate Abebe, Anis Van, Yedena Yakovleva, shuningdek, Nodira Axmedxodjayeva, Tolmasbek Boltayev, Mils Mak Donkada, tarjimon Farxod Isayev hamda O‘zbekiston tomonidan loyiha ijro guruhi vakillari, O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari, Yashilloyiha instituti ekspertlari va raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir ishtiyoqli muhokama va fikr almashinuvlarga boy bo‘ldi. Har bir ishtirokchi o‘z amaliyotlarida uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflarni bildirish imkoniga ega bo‘ldi.
RESILAND CA+ loyihasi doirasidagi bu kabi amaliy uchrashuvlar ekologik barqarorlikni ta’minlash, ekosistema xizmatlarini yaxshilash va yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZUgJ6YrvPLg" title="RESILAND CA+ loyihasi doirasida ekologik klassifikatsiya bo‘yicha amaliy muhokama o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA