Buxoroda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan «Reproduktiv salomatlik: yangi imkoniyatlardan yangi strategiya sari» mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro tibbiyot muassasalari vakillari, ilmiy tadqiqotchilar, Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning viloyatlardagi filiallari rahbarlari, perinatal markazlari vakillari, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassislar va shu sohada izlanish olib borayotgan olimlar qatnashdi.

Anjumanda reproduktiv salomatlikni saqlash, bepushtlik masalalari bilan bog‘liq qator yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashildi. O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekistonda xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan reproduktiv salomatlik hamda onalar va bolalar salomatligi milliy modeli shakllantirilib, amalga oshirildi. Bu bilan mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini kuchaytirish, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar kasalliklarining oldini olish borasida 5 yilga mo‘ljallangan qator dolzarb vazifalar belgilangan.

– Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir, – dedi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nadirxanova. – Ushbu maqsad yo‘lida o‘tgan yillar davomida ko‘lami va ahamiyati jihatidan juda ulkan ishlar bajarildi. Millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligi hamda uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilindi, chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosi ta’minlanmoqda.

[gallery-4058]

O‘tgan davr mobaynida «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan dasturlar asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Buning natijasida skrining, perinatal, reproduktiv salomatlik markazlari kabi yangi tibbiy markazlar hamda ularning viloyatlardagi filiallari milliy tibbiyotimizda mustahkam o‘rin egalladi. Birgina tug‘ruqxona muassasalarini jihozlashga 2017 yilda 17 million AQSH dollari, 2018 yilda esa 50 million AQSH dollari ajratildi.

Yurtimizda homiladorlarga, tuqqan ayollarga va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga xizmat ko‘rsatadigan onalikni parvarish qilish tizimida 205 ta muassasa, jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika Perinatal markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi, 13 ta viloyat va 1 ta shahar perinatal markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Konferensiya doirasida tashkil etilgan yalpi majlis va seminarlarda reproduktiv salomatlik borasida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirishdagi muhim masalalar va ularning yechimi, istiqboldagi rejalar, xorij tajribasi va zamonaviy davolash-profilaktika usullari muhokama qilindi. Anjumanda diagnostika va davolash sifati standartlarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Zarif Komilov,  

Tohir Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reproduktiv salomatlik: xalqaro tajriba va amaliyot