“Sizlar ko‘p kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda”.

Shavkat Mirziyoyev

Sir emaski, O‘zbekiston yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani barchani quvontiradi. Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan chinakam fidoyilar bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni ko‘rib dildan mamnun bo‘lishadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarga e’tibor, ularning haq-huquqlari kafolatlanganligi ayni haqiqatdir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste’dodini qo‘llab-quvvatlash masalalari qamrab olingan bo‘lsa, "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinganligi tahsinga loyiq.

Shuningdek, bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning 41-moddasida bepul umumiy ta’lim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham e’tiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga bo‘lgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Yoshlar o‘z iqtidor va iste’dodlarini to‘la namoyon etishga haqlidirlar. Shuningdek, Qomusimizda har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilangan. Mana shularning mantiqiy davomi sifatida Prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori bo‘lsa, oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir. 

Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o‘z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o‘sishiga hamda ta’lim sohasidagi integratsiya jarayonining yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta’limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash hozirgi rivojlanish davrining muhim xususiyatlariga aylandi. Shuningdek, bu o‘zgarishlar jarayoni kelajak egalari sifatida yosh avlodni tayyorlashda dunyo mamlakatlari maqsadlarining umumiylashishiga olib keldi. 

Bu masalada respublikamizda qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirishda yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi. Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini o‘rganib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. 

Fan sohalari ichida matematika o‘ziga xos sirli olami, murakkab mazmuni va qiziqarli mohiyati bilan azal-azaldan insoniyatni o‘ziga rom etib kelgan. Matematika-yoshlikdan tanishishni boshlaydigan keng qamrovli ilm sanaladi. Bu fani birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Umumiy matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda nochor bo‘lib qolish hech gap emas. Xuddi ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani kabi. 

Renessans ta’lim universitetida mana shu qiziqarli, sehrli, serqirra fanning fidoyilari faoliyat yuritishadi. Bu iqtidorli ustozlar yoshlarga matematikadan saboq berishib, o‘zlarining bilim va tajribalarini sidqidildan o‘rgatib kelishadi. 

Mashaqqatli mehnat o‘z samarasini beradi, albatta. Xabaringiz bor, joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida matematika bo‘yicha IV Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2024) bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar olimpiadaga kuchli tayyorgarlik ko‘rishgan. Universitetimiz professional ustozlarining bergan bilimlari va ko‘magi sabab, xalqaro olimpiadada Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, Bolgariya va mezbon Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari talabalari qatorida Renessans ta’lim universitetining iqtidorli talabalari ham qatnashib, kuchlilar qatoridan o‘rin olishga muyassar bo‘lishdi. Yuqorida nomlari sanalgan oliy o‘quv yurti talabalari bilan bemalol bellashib, ular orasida faxrli o‘rinni egallab, individual tarzda 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bugungi qahramonlarimiz matematika fan olimpiadasi bo‘yicha universitetimizning ilk qaldirg‘ochlari sanaladi. O‘zbekistondan xususiy oliy ta’lim muassasalari ichida faqat Renessans ta’lim universiteti talabalari ishtirok etdi. Bu esa, Renessans ta’lim universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilarini va talaba yoshlarni birday quvontirdi. Shuning barobarida yanada yuqori marralarni egallashga yo‘l ochdi. 

“Universitetimizning ta’lim sifatini oshishida siz kabi yoshlarning harakati va intilishi muhim ahamiyatga ega" dedi, Matematika va Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri G‘anisher Yunusov. Talabalarning bu g‘alabani qo‘lga kiritishlarida fan o‘qituvchisi Shodmon Turdiyevning alohida hissasi bor. O‘z kasbining fidoyilaridan bo‘lgan Shodmon Turdiyev 2017-yilda O‘zMU ni tugatib, dastlabki faoliyatini Zangiota tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Shogirdlari matematika fani bo‘yicha 2 marta viloyat bosqichi olimpiadalarida, 5 ta tuman olimpiada bosqichlarida sovrinli 1- va 2- o‘rinlarni olgan. 

Ushbu talabalardan  Abdulatifov Abdulaziz  Abdulla o‘g‘li, 45-23 Matematika va Informatika talabasi va Kurchiyev Abdujalil Nazirjon o‘g‘li, 80-23 Xalqaro iqtisodiyoti va Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabasi bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Olimpiada g‘oliblari universitetda yuqori kayfiyatda olqishlanib kutib olindi. 

Uchrashuv so‘ngida, ishtirokchi talabalar: Dilnavoxon Dilshodova, Salimbek Ergashov, Abdulaziz Abdulatifov, Abdujalil Kurchiyev va ularning ustozlari  G‘anisher Yunusov, Shodmon Turdiyevga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Universitet rektori, texnika fanlari doktori Nusratilla Barakayev o‘z tabrigida shunday deydi: «Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yo‘lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash davomli bo‘ladi. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor bo‘ladi, — deb ta’kidlagan davlat rahbarining ishonchi, muborak Ramazon oyi arafasida yoshlar uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar tom ma’noda yangi O‘zbekistonning Renessans yo‘lidagi yangi va ildam qadami bo‘la oladi» . 

     L.Raupova,

Renessans ta’lim universiteti professori,

filologiya fanlari doktori,

M.Turdibekov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Renessans yo‘lida ildam qadamlar...