Mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy voqea – 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti saylovini keng yoritishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tashabbusi bilan tashkil qilingan Xalqaro media-xollda “Renessans TV” telekanali ijodiy-tashkiliy yo‘nalishlarining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yangi telekanalning kelgusidagi faoliyat yo‘nalishi qanday bo‘ladi, uning ijodiy strategiyasi qay yo‘sinda olib boriladi? Yangi telekanal taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, mazkur tuzilma bosh direktori Jaloliddin Safoyevning tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etgan shunday savoli bilan boshlandi.

— Bugun mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari aqlni lol qoldiradi,- dedi O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov. — "Renessans TV” telekanali asosiy informatsion maydonlar yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yirik axborot platformasi bo‘lishi kerak nazarimda. Bu axborot maydoni rang-barang axborotlarni, hatto biz chetga surib tashlagan informatsiyalarni o‘zida mujassam etmog‘i zarur. 

U rang-barang o‘zgarishlarni chuqur, tahliliy asosda, ekskalator singari muttasil taqdim etib borishi kerak meningcha. Yangi tashkil etilayotgan telekanal bugungi davr o‘zgarishlari, uning talablariga hamohang ruhda bo‘lmog‘i, bepoyon Vatanimizning ijod, fantaziya yo‘llarini tan olishi kerak. 

Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘nalishi aniq gavdalantirib berildi. Bugun yangi Renessans zamoniga darvozalar keng ochilmoqda. Yangi telekanal sizning, bizning, barchamizning orzu-intilishlarimizni ifoda etadigan telekanal sifatida dunyoga chiqadi, deb o‘ylayman.

Tadbirda yangi tashkil etilgan “Renessans TV” telekanali turli bachkanaliklardan, sayozliklardan, yengil-yelpiliklardan xoli bo‘lmoqligi kerakligiga alohida urg‘u berildi. Zero, mazkur muloqot ham telekanal yo‘nalishini o‘z holicha emas, mamlakatimizning ma’rifiy jamoatchiligi, ijodkor ziyolilar, ko‘pchilik bilan bamaslahat ish tutgan holda belgilashga e’tibor qaratayotgani diqqatga sazovordir.

– “Renessans TV” telekanali katta yuksak nom bilan maydonga chiqmoqda, – dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov. 

– Yangi telekanal millionlab qalblarni tarbiyalashga qodir bo‘lgan katta darsxona, ibratxona bo‘lishiga umid qilamiz. U o‘z nomiga “Renessans”ga munosib bo‘lmog‘i kerak, deb o‘ylayman. 

Ajdodlarimiz ikki muhim Uyg‘onish davrining bunyodkoridirlar. Lekin afsuski, bu Renessansni bunyod etish bilan birga uni tanazzulga, yo‘qotishga sababchi bo‘lgan jihatlar ham bo‘lgan. Yangi telekanal ana shu barcha jihatlarni o‘zida aks ettirishiga e’tibor qaratamizki, toki xatolar tarixdan to‘g‘ri saboq olishga o‘rgatsin. 

Kanalning nomi juda baland, Unda millatning qalbi, yuragi, yuksak maqsadlar bilan yashayotgan xalqimizning intilishlari, ma’rifatparvar jadid bobolarimizning g‘oyalari aksi kerak deb o‘ylayman. Ayni talab esa yangi telekanal ijodkorlariga katta mas’uliyat yuklaydi.

“Renessans TV” telekanalini tashkil etish joriy yilning 2 aprel kuni O‘zEOAVMA konferensiyasida qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh” media dasturidan o‘rin olgan edi. O‘zEOAVMA a’zolarining umumiy yig‘ilishida barcha hududiy nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda yagona teletarmoq yaratish rejasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Ma’lumki, O‘zEOAVMA ellikka yaqin nodavlat markaziy va hududiy teleradiokanallarni o‘zi ichiga oladi. “Renessans TV” teletarmog‘i mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 14 ta nodavlat telekanalni o‘zida birlashtiradi. 

“Renessans TV” orqali ushbu telekanallar tomonidan uzatilgan, hududlardagi yuz berayotgan voqea-hodisalar haqidagi xabar va yangiliklar, tahliliy materiallar butun respublika bo‘ylab tarqatiladi. Shuningdek, “Renessans TV”ning markaziy tahririyati suratga olingan media mahsulotlar, siyosiy-ijtimoiy dasturlar, film va ko‘rsatuvlar hududiy telekanallar efiri orqali tarqatilishi mumkin. 

Ayni paytga qadar “Renessans TV”ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli chastotalarga ulanish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etildi. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga qarashli, foydalanilmay turgan bino agentlik rahbariyati bilan kelishilgan holda qayta ta’mirlandi. Zarur jihozlar, texnika vositalari keltirildi. Telekanalning ijodiy va texnik jamoasi shakllantirilmoqda.

2021 yilning 1 sentyabridan “Renessans TV” telekanali test rejimida ish boshladi. Hoziri kunda telekanal orqali muhim yangiliklar, saylov xabarlari, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan filmlar, konsert dasturlari ijtimoiy roliklar muntazam berib borilmoqda. 

Tez orada telekanal to‘liq formatda ish boshlaydi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari, xalqimizning turmush tarzi, yurtimizda va xorijda yuz berayotgan hodisalar tezkor va xolisona tarzda yoritib boriladi.

Telekanal ijodiy jamoasi taqdim etayotgan dasturlarni “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi markazi”, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqa bir qator nodavlat tashkilotlar rahbarlari va vakillari, shuningdek, taniqli jurnalistlar, yozuvchilar, olimlar, soha ekspertlari ishtirokida muhokama qilindi. 

Muhokamalar jarayonida yangi telekanalni jamoatchilik minbariga aylantirish taklifi ilgari surildi. Tadbirda yangi telekanalni boshqa analogiga o‘xshamagan tarzda, o‘ziga xos, madaniy-ma’rifiy, ilmiy, axborot-informatsion yo‘nalishda faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rtaga tashlandi.

Xalqaro media-xollda o‘tkazilgan taqdimot marosimida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi a’zolari, mutasaddi idoralar vakillari, taniqli madaniyat va san’at arboblari, mahalliy va xorijiy jurnalistlar, ijodkor yoshlar ishtirok etishdi. 

Telekanal xodimlari “Renessans TV”ning ijodiy va texnik imkoniyatlari xususida atroflicha ma’lumot berdi. E’tiborga molik jihati, yangi tashkil etilayotgan “Renessans TV” telekanalining faoliyat yo‘nalishi mamlakatimiz ma’rifiy jamoatchiligining g‘oya va takliflarini inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Renessans TV” telekanali taqdimoti o‘tkazildi