Rektor talabalar muammolarini tingladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona politexnika instituti rektori va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori O‘. Salomov “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan uchrashuvni ochib berarkan, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil olib borilayotgani, navqiron avlod vakillarining barcha sohada yetakchi kuchga aylanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan muhim vazifalar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng talabalar o‘qish va mehnat faoliyati, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq muammolar, tizimli kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga doir takliflarini bildirdilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan institut ma’muriyatiga yuzlandilar.
Muloqot davomida ko‘tarilgan barcha masala va takliflar asosida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
[gallery-15134]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA