Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Sharipov oliygohda tahsil olayotgan namunali talabalar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari, universitet va davlat stipendiyalari sohiblari, talabalar akademiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

– Hayot kurashdan iborat bo‘lib, bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlar g‘olib bo‘la oladi, – deydi professor Shavkat Sharipov. – Sizning ertangi kelajagingizni ilm-ma’rifat nuri yoritadi. Shunday ekan, baho yoki diplom uchun emas, oldingizda turgan porloq kelajak uchun o‘qing va kurashing. 

– O‘tgan qisqa davr mobaynida Jizzax davlat pedagogika universitetini tanlab to‘g‘ri qaror qabul qilganimga amin bo‘ldim, – deydi birinchi kurs talabasi Muhiddin Fayzullayev. – Rektor va yoshlar uchrashuvida universitetdagi imkoniyatlar, ayniqsa, chet tilini o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati, turli tanlovlarda ishtirok etish, iqtidorimizni namoyon etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Tadbirdan katta ruhiy qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya oldim. Universitet rektori hayotiy tajriba misollarini keltirganda men ham o‘z rejalarimni tuzdim. 

– Rektor va yoshlar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirni bu darajada samimiy o‘tishini kutmagan edim, – deydi universitet yoshlar yetakchisi Farzona Adilova. – Uchrashuvda juda ko‘p mavzularda suhbatlar qurildi, takliflar tinglandi. Bugungi tadbirda yoshlar, o‘quv jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi. 

Uchrashuv davomida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayonlari va yakuniy nazorat tizimi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektor talabalar bilan uchrashdi