Qarshi davlat universiteti axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Qarshi davlat universiteti talabasi Azizbek Tojiyev (-71 kg) vazn toifasida finalda qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugun universitet kengashida Qarshi davlat universiteti rektori, kengash raisi D.Nabiyev chempionni g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, unga 10 million so‘m pul mukofotini topshirdi. 

Azizbek Tojiyev bilan muloqot chog‘ida QarDU rektori D.Nabiyev sportchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, kelgusida olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonch bildirdi. Kengashda, shuningdek, ilmiy daraja va unvon olgan o‘qituvchilar ham taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektor Osiyo chempionini taqdirladi