Reklamadagi chalkashlik tadbirkorga muammo bo‘ldi
Xorazm viloyatida internetda tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumot bir tadbirkor uchun jiddiy oqibatlarga olib keldi. Gap shundaki, “LARGO TYRES GROUP” MCHJ o‘z mahsulotlari haqida asossiz va salbiy axborotlar tarqatilayotgani yuzasidan murojaat qilgan.
Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Xonqa tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining “shina.olami” Instagram sahifasida “LARGO” rusumli shina va akkumulyatorlar haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar bergani aniqlandi. Bu orqali nafaqat mahsulot sifatiga putur yetkazilgan, balki boshqa brendlar ham kamsituvchi tarzda tilga olingan.
Mutaxassislar bu holatni amaldagi qonunchilikka zid, deb baholab “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganini qayd etdi.
Natijada, ushbu tadbirkorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga oshirildi.
Qisqasi, internetda har qanday ma’lumotni tekshirmasdan tarqatish nafaqat ishonchni, balki javobgarlikni ham keltirib chiqaradi.
N. Rahmonova, O‘zA