Tilga hurmat ko‘cha, bino va inshootlarga o‘rnatilgan tashqi yozuvlarning bexato, imlo qoidalariga rioya qilingan holda joylashtirilishida ham namoyon bo‘ladi.

Turli e’lon, reklama matnlarida xatoga guvoh bo‘lgandi uni to‘g‘irlash choralarini ko‘rish, mas’ullarni bundan xabardor qilish lozim.

Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimi tomonidan 2021 yil 5 aprel kuni "Korxona, tashkilot, ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jamoat tashkilotlari, ko‘chalar, bino va inshootlarda o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlarining holatini o‘rganish" bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.

Ishchi guruh a’zolari bugun "Charmgaron" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridagi reklamalarda til me’yorlariga amal qilinganlik holatini o‘rgandi. Tadbirkorlarga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan reklama vositalarini tartibga keltirish bo‘yicha qonun doirasida tushuntirish berildi.

Ishchi guruhning bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.

Yusuf NASULLAEV

Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reklama va e’lonlar matnlaridagi imlo xatolari o‘rganildi