Tibbiyotdagi islohotlar

Yurtimizda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2020 yil 12 dekabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandi.

Qarorga ko‘ra davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmi respublikamizda birinchilardan bo‘lib Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etilib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi surunkali kasalliklar tufayli "D" nazoratida turgan bemorlarga elektron retsept asosida dorixonalardan bepul beriladigan dori vositalari va ularning xarajatlarini qoplash maqsadida Reimbursatsiya dasturi ishga tushirildi.

– Ushbu dastur doirasidagi ishlar 2020 - 2023 yillar davomida Sirdaryo viloyatida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hozir Toshkent shahrida, 2026 yilning yakuniga qadar mamlakatning barcha hududlarida joriy etiladi,–deydi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Olim Bekmurodov.

Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan, elektron retsept bo‘yicha bepul beriladigan 27 turdagi dori vositalari bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi shifokori tomonidan tibbiy axborot tizimida elektron retsept rasmiylashtirilib, Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.

Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlari mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi. Ahamiyatli tomoni, elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilib, uning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi.

Misol uchun aytganda, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari oila shifokorlari tomonidan 2023 yil davomida 16 ming 453 nafar bemorga Reimbursatsiya dasturi doirasida 17 ming 340 ta retsept asosida 1 milliard 314 million 874 ming so‘mlik, 2024 yilda 49 ming 253 nafar bemorga 50 ming 85 ta retsept asosida taqdim etilgan 4 milliard 488 million 933 ming so‘mlik dori-darmon xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab berildi.

Eng muhimi, Sirdaryoda yo‘lga qo‘yilgan, boshqa hududlar sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etilayotgan Reimbursatsiya dasturi hukumatimiz tomonidan qo‘yilayotgan shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga juda mos bo‘lib, jarayonlar elektron tarzda amalga oshirilmoqda.  

Ushbu jarayonlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari va dorixona rahbarlari bevosita kuzatib borish imkoniyatiga ega.

–Shu o‘rinda Reimbursatsiya dasturi doirasida beriladigan 11 turdagi dori-darmonlar surunkali kasalligi bor bemorlardan tashqari boshqa bemorlarga berilmaydimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Surunkali kasalliklar boshqa kasalliklarga qaraganda uzoq muddat davolanishni talab etadi. Hamma vaqt ham ushbu toifaga kiruvchi, muntazam dori ichuvchi bemorlar Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalarini xarid qilib, undan o‘z vaqtida foydalanmaydi. Bu esa, kasalliklarning rivojlanishiga, sog‘liq bilan bog‘liq noxush holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.Ushbu dastur orqali surunkali kasalligi bor bemorlarga taqdim etilayotgan dori vositalari kasalliklar asoratini  kamaytiribgina qolmay,  nogironlar sonining  kamayishiga yordam beradi,–deydi Olim Bekmurodov.

Misol uchun aytganda, Reimbursatsiya dasturi  doirasida o‘pkaning obstruktiv kasalliklari  (astma,surunkali bronxit) bilan kasallangan bemorlarga  beriladigan dorilar va ularning turlari ko‘pincha bemorning holatiga va kasallikning darajasiga qarab tanlanadi. Ushbu dastur doirasida bemorlarga bir nechta turdagi dorilar belgilanishi mumkin.

Tavsiya qilinayotgan dorilar ko‘proq nogironlikka, o‘limga olib keluvchi surunkali kasallikka chalingan bemorlarga ambulator sharoitda davolanishi, kasallanish darajasini kamaytirish uchun qo‘llanilibgina qolmay, surunkali kasalliklarning belgilari va asoratlarini kamaytirishga, bemorning hayot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarishga yordam beradi.

Albatta, bu tartibdan surunkali kasalligi bor bemorlar va ularning yaqinlari xursand. Chunki, dorixona orqali bepul taqdim etilayotgan dori vositalari kasalliklarning asoratini bartaraf etish bilan bir vaqtda turli ovoragarchiliklarning ham oldini olmoqda.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reimbursatsiya dasturining aholiga foydasi katta bo‘lyapti