Bugun Markaziy saylov komissiyasining majlislar zalida “Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati: Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida O‘zbekistonda konstitutsiyaviy referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
MSK a’zolari, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari vakillari va xorijlik ekspertlar ishtirok etgan tadbirda referendum to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni belgilashga mas’ul bo‘lgan boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni xalqaro ekspertlar hamjamiyatiga yetkazish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Davra suhbati davomida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tadbir ishtirokchilariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli va bosqichma-bosqich ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
O‘z navbatida xorijlik ekspertlar ham aloqalarni yanada mustahkamlash, saylov sohasidagi xalqaro amaliy hamkorlikni kengaytirish borasida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oXu68mG1ZQk" title="Referendum kundaligi: Yangi O‘zbekiston – yangilanayotgan Konstitutsiya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘. Alimov, D. Yoqubov (video), O‘zA