Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda mazkur referendumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari qizg‘in pallada.

Shu munosabat bilan bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish hamda Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Qonun talablaridan kelib chiqib, ushbu majlisda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda mazkur referendum uchastkalari 14-Toshkent shahar referendum okrugiga biriktirildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan 2023 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasining referendumida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Shuningdek, majlisda bir qator mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wD3kfl-EmB8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendum kundaligi: Mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi (+video)