Milliy armiyamizning jangovar qudratini oshirish va shayligini mustahkamlashda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarning real sharoitlar va vaqt kesimida o‘tkazilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

 Jumladan, Toshkent harbiy okrugida o‘tkazilgan navbatdagi majmuaviy taktik o‘quvda ayni jihatlar e’tiborga olindi.

O‘quv rejasiga ko‘ra desantchilar harbiy qismi erta tongdan trevoga signali asosida ko‘tarilib, jangovar shay holatga keltirildi. Yuqori qo‘mondonlikdan olingan vazifaga ko‘ra, jangovar bo‘linma Sirdaryodan o‘tishi va belgilangan hududga yetib borishi lozim. O‘quv shartiga ko‘ra ko‘prik ustida shartli yo‘l transport hodisasi yuz bergani sababli bir vaqtning o‘zida ponton ko‘prikchilar vzvodiga jangovar bo‘linmaning o‘tish imkoniyatini ta’minlovchi muhandislik inshootini barpo etish vazifasi qo‘yilgan.

Desantchilar jangovar bo‘linmasi belgilangan marraga kolonna tartibida marsh uyushtirdi. E’tiborli tomoni, o‘tkazilayotgan taktik mashg‘ulotlarda qo‘shin turlarining hamkorlikdagi harakatlarini ta’minlashga ham katta ahamiyat berildi. Ponton ko‘prikchilar vzvodi zudlik bilan qulay hududga kelib pontonlarni suvga tushira boshladi. Vzvodning maxsus guruhi tomonidan razvedka ishlari amalga oshirildi hamda qirg‘oq qo‘riqlovi tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarni Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy okruglarning jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul ofitserlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va hamkor kuch tuzilmalari vakillari kuzatib bordi. Muhandislar qo‘yilgan vazifani ado etayotgan bir paytda ponton ko‘prigini o‘rnatishga qarshilik qilishga uringan shartli dushman hujumi qaytarilib, jangarilar tor-mor etildi. Muhandislardan esa tezlik va aniqlik bilan harakatlanish talab etildi. Harbiy xizmatchilarning jipslikdagi harakatlari sabab pontonlar bir-biriga biriktirilib, ikkala qirg‘oqni birlashtiruvchi yaxlit muhandislik inshooti hosil qilindi.

Desantchilar jangovar bo‘linmasi Sirdaryoga o‘rnatilgan sun’iy inshootdan muvafaqqiyatli o‘tishga kirishdi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida turli harbiy texnikalar, o‘t ochar qurollar va anjomlar ko‘rgazmasidan iborat o‘quv nuqtalari ham tashkil etildi. Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari va tinglovchilariga ulardan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berildi.  

Taktik o‘quvda faol qatnashgan va o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilar mudofaa vazirining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu o‘tkazilgan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti ham qo‘shinlarimizning har qanday vaziyatda harakatlana olishi, favqulodda vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilib, qo‘yilgan vazifani bajarish salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.  

Bobur ESONOV,  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Real vaziyatga yaqinlashtirilgan jangovar mashg‘ulot