Reabilitatsiya – sog‘lom hayotga qadam
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida o‘tgan yili Surunkali kasalliklari va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Tajribali shifokor Farida Xoldorova rahbarlik qilayotgan ushbu markazda joriy yilning birinchi yarmida Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 209 nafar bolajonda asab, suyak mushak va tayanch tizimlari, endokrin kasalligi va kardiojarrohlik holatidan keyingi reabilitatsiya muolajalari o‘tkazildi.
[gallery-12880]
Markazda ish jarayoni o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat asosida tashkil etilgan. Buni markaz shifokorlari va tarbiyachilari ko‘magida reabilitatsiya muolajalarini olayotgan bolakaylarning yuzida aks etib turgan mamnunlik hissidan ham ko‘rish mumkin.
Kuni kecha mazkur rebiliatatsiya markazida Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan seminarda ushbu muassasada joriy yilning dastlabki olti oyida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, tibbiy xizmat ko‘lami va sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA