O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, mashhur aktyor va rejissyor Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, san’atkorning oila a’zolari, kinoijodkorlar hamda media sohasi vakillari ishtirok etdi.

Kinematografiya agentligi bosh direktori Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston xalq artisti Naima Po‘latova va san’atkorning nabirasi Zulfiya Hamroyeva aktyorning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy kino san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirishdi.

Aytish kerakki, ustoz san’atkor Razzoq Hamroyev betakror ovoz, yuksak iste’dod sohibi edi. U teatr va kino sohasida ko‘plab rollar ijro etib, xalqimizning qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan san’at darg‘asi sanaladi.  

Shuningdek, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik  musiqali teatri ijodkorlari tomonidan kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan esa san’atkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Razzoq Hamroyev ishtirokidagi filmlardan parchalar ham namoyish qilindi.

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi