Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va qahramonlarini tabriklaymiz, ularning jang maydonlarida ko‘rsatgan botirlarcha xatti-harakatlaridan g‘ururlanamiz. Front ortida qilgan fidokorona mehnatlari uchun ota-bobolar, momolarimiz xotiralarini doimo yod etamiz.

Ikkinchi jahon urushining qanday boshlanib, nima bilan tugagani to‘g‘risida ko‘p va xo‘p yozildi. Bu mavzuda o‘zbek matbuotida hali e’lon qilinmagan qiziqarli ma’lumotlar haqida suhbatlashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Faxriy kengashi a’zosi, iste’fodagi polkovnik, razvedkachi Xudoyberdi Sohibov bilan uchrashdim. Ustoz mavzuning yangi qirralarini topish uchun ancha vaqt sarf etganliklarini yashirib o‘tirmadi:

- Rost gap ham shu. DXX va respublika davlat arxivlarida ishlagan davrimda ko‘p ma’lumotlar to‘plaganman, aksariyatidan kitob chop etish paytida, xususan, o‘zingiz bilan bo‘lgan avvalgi bir necha suhbatlarda foydalanganman. 

Yangi gap aytish uchun uch-to‘rt oy mobaynida yana shaxsiy arxiv hujjatlarimni titdim, qirq-ellik yillik sarg‘ayib ketgan gazeta-jurnallarni qayta qo‘lga oldim. Urush mavzuidagi kitoblarni takror ko‘rib chiqdim.

- Xudoyberdi Sohibovich, Siz boy ma’lumot sohibisiz, nima deb o‘ylaysiz, bu urushning oldini olish mumkin emasmidi? 

- Gitlerning Germaniya hukumatiga rahbar bo‘lib kelganidan so‘ng o‘tgan asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlari harbiy sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash choralarini ko‘ra boshlaydilar. Sobiq Ittifoq ham chegaradosh davlatlar bilan hamkorlikka intilgani misolini aytishimiz mumkin. Xususan, Finlandiya, Yugoslaviya, Skandinaviya mamlakatlari shular jumlasidandir. Kommunistik partiya yetakchisi, urush boshlanishi arafasida hukumatga raislik qila boshlagan Stalin ham mudofaa sanoatini rivojlantirish, ham G‘arb bilan mo‘’tadil munosabatlarni saqlab turishga intildi.

Ma’lumki, G‘arbning Sovet Ittifoqiga nisbatan dushmanlik amallari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni razvedka idoralari yetkazib berar edi. 1939 yilning avgustiga kelib, bu xabarlarning oqimi oshadi.

Fransuzlar va britaniyaliklar o‘sha yilning yozida Moskvaga muzokaralar o‘tkazishga kelishadi. Uzoq tortishuvlardan so‘ng ularning Germaniya tomonidan amalga oshirilishi ehtimoli katta bo‘lgan hujumlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatmasligi ma’lum bo‘ladi. 

Finlandiya ham Angliya, Shvetsiya va Germaniya bilan ittifoqdoshlikka moyillik bildiradi. Keyinroq u olmon davlati tomonida Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kiradi.

Bu orada sovetlar olmonlar bilan iqtisodiy hamkorlik muzokaralarini davom ettirishadi. 1939 yilning 23 avgust kuni Moskvaga Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop keladi. Uzoq muhokamalardan so‘ng boshqa hujjatlar qatorida shu kuni soat 22.00 larda Kremlda Germaniya va Sovet Ittifoqi o‘rtasida O‘zaro tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi pakt imzolanadi (ma’lumot o‘rnida Olmoniya ayni shu kabi shartnomalari 1934 yilda Polsha,1938 yilda  Angliya va Fransiya, 1939 yilda Litva va Estoniya hamda 1941 yilda Turkiya bilan imzolaydi).

Sovet rahbariyatining strategik maqsadi nima qilib bo‘lsa ham ikki frontda - Uzoq Sharq va Yevropada urushning oldini olish edi. 

Mafkuraga bog‘lanmagan diplomatik munosabatlarni Italiya misolida ham ko‘rish mumkin. Sovet Ittifoqi 1922 yilda fashist rejimi boshiga kelgan Benito Mussolini bilan iqtisodiy hamkorlikni uzmagan.

Qolaversa, Stalinning Sovet Ittifoqini jahonning yirik davlatiga aylantirish singari ustuvor-global rejasi bor edi.

- Demak, anglashiladiki, urushning oldini olish uchun huquqiy hujjat qabul qilindi, ko‘ngil xotirjam bo‘ldi...

- Nazariy jihatdan shunday deyish mumkin. Ammo buni hukumatlararo munosabatlarda uchrab turadigan diplomatik nayrang, deb ham atash mumkin.

Mamlakat fuqarolik urushini boshidan kechirgan, ochlik ko‘rgan, kollektivlashtirish siyosati tugagan, ulkan sanoatlashtirish endi natijasini ko‘rsatayotgan zamonlar edi. Bu muvaffaqiyatlar, albatta, G‘arb siyosatchilariga ma’qul kelmasdi.

Buning ustiga sovetlar o‘z qudratini Mongoliya va Manjuriyada qo‘li baland kelib turgan Yaponiyaga qarshi kurashda namoyon etishga ulgurgan ham edi. 

Yuqorida qayd etganimdek, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan til topishib bo‘lmagan edi. Aslida bu ikki davlat Amerikaning tashabbusi bilan bu yo‘lni tanlagandi. Prezident Ruzvelt Britaniya bosh vaziri Chemberlenga murojaat qilib, Germaniyaning g‘arbiy Yevropadagi gegemonligi Amerika va Britaniya manfaatlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini anglatib,uni cho‘chitadi. 

Okeanorti rahbariyati ingliz hukumatidan Germaniyaning Yevropadagi ittifoqdoshlari, shu jumladan, Sovet Ittifoqi bilan aloqalarni to‘xtatish yuzasidan chora ko‘rishga chaqiradi. 

Ribbentrop-Molotov pakti, deb tarixga kirgan hujjat haqida, sovet razvedkachi, general-leytenant Pavel Sudoplatov “Razvedka i Kreml. Zapisi nejelatelnogo svidetelya” (“Razvedka va Kreml. Ishonchsiz guvohning xotiralari” kitobida batafsil ma’lumot keltiradi. 

Uning qayd etishicha, razvedka idorasiga davlatdan mazkur pakt imzolanmasidan bor-yo‘g‘i ikki kun avval Germaniya bilan tinchlik munosabatlarini o‘rnatish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirig‘i beriladi. Ya’ni, razvedka bu pakt tayyorlanayotganidan bexabar bo‘lgan. 

- Juda qiziq holat emasmi, davlatning eng ishongan, tayangan idorasi muhim strategik hujjat hozirlanayotganidan xabarsiz qolsa...

- Menimcha, bu vaziyatni to‘g‘ri tushunish kerak. Avvalo urush xavotirlari kuchayib kelayotgan bir payt. Qolaversa, davlat rahbarining  o‘ziga xos tabiatini ham unutmaslik kerak...

Bu hujjatdan nafaqat tashqi razvedka, balki harbiy razvedka va diplomatlardan ham sir tutilgan.

Aslida mazkur maxfiy paktda sir, deb atalmish deyarli jiddiy bir narsa yo‘q. 

Masalan, pakt sovetlarning Boltiqbo‘yi davlatlari – Litva, Latviya va Estoniya ishlariga aralashmaslik bandi bor. Sovet qo‘shinlari hukumatlararo shartnomaga asosan bu mamlakatlarda joylashtirilgan edi. Berlin esa ularni o‘ziga o‘ziga og‘dirib olish uchun urinar edi.

Paktning yana bir tomoni haqida to‘xtalsam. Nemislar 1939 yilning sentyabr oyida Polshani bosib olgach, ya’ni rasman Ikkinchi jahon urushi boshlangach, sovetlar Polshaning sharqiga kirib boradi va Galitsiya – g‘arbiy Ukrainani egallaydi. Bu hudud ukrainalik millatchilar harakatining markazi edi. O‘sha paytdayoq markaz Lvovda kapitalistik turmush tarzi hukm surar edi – chakana va ko‘tara savdo xususiy tadbirkorlar qo‘lida edi. Ular hukumatni tan olishmasdi.

Ukraina Kompartiyasi yetakchi Xrushevning talabi bilan sovetlar oraga kiradilar. Paktdan foydalanib, Germaniya aralashuvi bilan 1938 yildan beri Angliya va Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan mustaqil Ukraina Karpat Respublikasi tashkil etish g‘oyasiga chek qo‘yiladi. 

- 1941 yil 22 iyunda urush boshlandi. Avvalgi suhbatlarimizda razvedka ma’lumotlariga tayanib, nemislarning sovetlarga qarshi bostirib kirishi to‘g‘risida aniq xabarlar kelib turgani haqida gapirib bergan edingiz. Bu fikr bugun o‘zgargan emasmi?

- Razvedkaning vazifasi ogohlantiruvchi, ehtimoliy voqealar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar to‘plashdan iborat. 

Nemis fashistlarining Sovet Ittifoqiga bostirib kirishi to‘g‘risidagi tahdidiy xabarlar kelib tushishi 1940 yilning noyabridan boshlangan. Albatta, bu ma’lumotlar aniq ekaniga doim shubha bilan qaralgan, buning ustiga ulardagi faktlar bir-birini inkor ham qilar edi. Ularda nemislarning harbiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagani uchun jiddiy e’tibor berilmasdi. 

Tashqi va harbiy razvedka 1941 yilniig may, hatto iyun oyidagi ma’lumotlarning aksariyatida urushning muqarrar ekanligi bayon etiladi. Hatto, Kim Filbi Berlinni qishqirtirish uchun Britaniya Vazirlar Mahkamasi Germaniya va Sovet Ittifoqi o‘rtasida keskinlikni oshirish va harbiy inqirozni kuchaytirishga qaratilgan rejalar ishlab chiqayotgani haqida xabar beradi. 

Dezinformatsiya xabarlaridan biri Vashingtonda qayd etiladi. Britaniya razvedkasining xodimi Montgomeri Xayd Germaniya elchixonasiga “Gitler Angliyaga bostirib kiradigan bo‘lsa, ruslar nemislarga qarshi urush boshlaydi”, mazmunidagi maktubni yuboradi. 

Bu kabi “axborot urushi”dan parchalar edi. 

Jiddiy xabarlar orasida afsonaviy razvedkachi Zorgening Tokiodan turib nemislar 1 iyunda sovetlarga qarshi urush ochishi rejasi bor, deydi. Uning ketidan Berlin rezidenturasi 15 iyun to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ungacha esa, 11 mart kuni harbiy razvedka bahorda urush boshlanishiga ishora beruvchi xabar yo‘llagan edi. 

Menimcha, hali matbuotda aytilmagan yana bir muhim fakt bor. Iyun oyi o‘rtalarida sovet razvedkachisi Zoya Ribkina-Voskresenskaya Germaniyaning Moskvadagi elchixonasi uyushtirgan qabul marosimida ishtirok etadi va diplomatik vakolatxona devorlaridan osiqliq bo‘lgan plakat va rasmlarning olib tashlanganiga e’tibor beradi. Elchixonadagi suhbatlarni eshituvchi-yozib oluvchi jihozni joylashtirish uchun olazarak bo‘lib turganida diplomatlarning ko‘chib ketishga hozirlik uchun to‘plab qo‘ygan ko‘plab jamadonlariga ko‘zi tushadi. 

Bu razvedka xabari sovet rahbariyatini battar sarosimaga soladi...

Moskvadagi nemislarga qarshi aksilrazvedka amaliyotlari muvofiqlashtiruvchisi Yakovlev va Rayxman “Metropol” mehmonxonasida diplomatik pochta tashuvchi ikki nafar hammolni qo‘lga tushirishadi. Elchixonaning Berlinga jo‘natayotgan barcha hujjatlari suratga olinadi. Ular orasida elchi Shulenburgning Ribbentropga elchixona xodimlarini qisqartirish va diplomatlarning kelishilgan grafik asosida Berlinga qaytarib yuborilayotgani to‘g‘risida axborot chiqadi. 

Urush yaqinlashib kelayotganiga shubha qolmayotgan bo‘lsa-da, bu hujjatlar farazlarni yana bir bor tasdiqlaydi...     

- Har holda urushga tayyorgarlik ko‘rish boshlangan, degan xulosa chiqarish mumkin ekanda...

- Uzun davom etadigan urushga puxta hozirlik talab etilishi bor gap. Shu ma’noda nemislarning harbiy-strategik rejasiga ko‘ra, qo‘shimcha iqtisodiy resurslarga ehtiyoj qalqadi. Ular dushmanning jangovor qudratini yakson qilish bilan barobar, eng avvalo, xomashyoga boy g‘arbiy Ukrainani bosib olish rejasini tuzishadi. 

Stalin Germaniyaning urushning uzoqqa cho‘zilishini hisobga olib, tezkor-strategik mashqlari va moddiy-texnika qudratini yuksaltirish bo‘yicha sa’y-harakatlaridan boxabar bo‘lgach, o‘ziga xos topshiriq beradi. Moskvadagi nemis harbiy attashesini Sibirdagi harbiy sanoat qudrati bilan tanishtirish zarurligini uqtiradi. 1941 yil aprel oyida unga yangi zamonaviy tank va samolyotlar ishlab chiqarilayotgan zavodlar bilan tanishish imkoni yaratib beriladi. 

Berlindagi sovetlarning rezidenturasi esa aviatsiya va iqtisodiyot vazirliklari ichida Germaniya rahbariyatining sovetlar bilan urushi fojiaga aylanadi, u agar uzoq davom etadigan bo‘lsa, ikki frontda urush olib borishga majbur bo‘ladi, deb shov-shuv tarqatadi...

- Darhaqiqat, urushning oldini olishning iloji topilmabdi. Ribbentrop-Molotovning  O‘zaro tajovuz qilmaslik pakti taqdiri nima bo‘ldi? 

- Germaniyaning Sovet Ittifoqiga hujum boshlashi bilanoq, bu bitim o‘z kuchini yo‘qotadi. Endi razvedka xizmatlariga yangi topshiriqlar beriladi. Nemislarning harbiy kuch-qudrati, Ikkinchi jahon urushi qanchalik uzoq davom etishi, shunga yarasha fashistlarning zaxirasi haqida ma’lumotlar to‘plash va ...Gitlerga su’iqasd uyushtirish rejasi ishlab chiqish shartligi aytiladi. 

Zamonasining taniqli aktrisasi Olga Chexova, boks bo‘yicha jahon chempioni Igor Miklashevskiy singari shaxslarning nemislar yurtidagi obro‘-e’tiboridan foydalaniladi. Ular Berlinga yuboriladi. Ikki yil aniq reja asosida ish olib borishadi, ishga “nuqta” qo‘yish jarayoni pishib yetilgan 1943 yilda Gitlerning hayotiga aralashmaslik yangi topshirig‘i kelib tushadi.

Olga Chexova Germaniyada yashirin razvedka faoliyati olib borgan, u Gestapodan muhim xabarlar olib, sovetlarga yetkazib turgan. Gitler bilan shaxsan tanish bo‘lgan...

Sovet rahbariyati Gitler o‘ldirilgach, natsist doiralar va harbiylar Sovet Ittifoqisiz tinchlik shartnomasi qabul qilishga sharoit yaratilar edi... 

Ayni shu fikrni tasdiqlash uchun bir misol keltiraman. Razvedkaning aniq ma’lumotiga ko‘ra, Vatikanning Anqaradagi vakili olmonlarning Turkiyadagi elchisi Frans fon Papen bilan uchrashadi va unga Papa Piy XIIning Buyuk Britaniya, Qo‘shma Shtatlar va Germaniya separativ tinchlik bitimini imzolash tashabbusi-taklifini yetkazadi. 

Papen 1939-1944 yillarda Turkiyada elchi bo‘lgan va bu davlatni Germaniya tarafida urushga chorlagan. Fashist Germaniyasining bosh jinoyatchilaridan biri. 1946 yilda Nyurnberg xalqaro sudiga chiqariladi va qilmishi isbotlanmagani uchun oqlanadi. 

Bundan tashqari, Rimdagi sovet rezidenturasi Papaning shaxsan Ruzveltning Vatikandagi vakili bilan ko‘rishgani xabarini yetkazadi. 

Agar separat bitim qabul qilingan taqdirda sovetlarning Yevropaga ta’sirini kamaytirgan, kelajakda Yevropa alyansi Sovet Ittifoqisiz tuzilishiga olib kelishiga yo‘l ochar edi. Kreml rahbariyati bu kabi tahlillardan keyin, albatta, Gitlerning joniga tajovuz qilishdan chekiladi.

...Urushdan keyin Yevropa Ittifoqi tuziladi, bugun esa bu ittifoq yanada jipslashganining guvohi bo‘lib turibmiz...

- Xudoyberdi Sohibovich, mazmunli va Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi yangi fakt va raqamlarni qamrab olgan suhbatingiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Abror Gulomov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Razvedka va Ikkinchi jahon urushi...