“O‘zbekiston ramzi – bayrog‘i, gerbi tasviri tushirilgan sport kiyimlari kiyishni bolalikdan orzu qilardim. Ota-onam yoshligimda yaxshi o‘qisam, oliy o‘quv yurtiga kirsam, shunday kiyim olib berishni va’da qilgan. Shu orzu yo‘lida va ota-onam shartini bajarish uchun qunt bilan bilim oldim, oliy o‘quv yurtiga kirdim, sport sohasida ham yuqori natijalarga erishdim. Hozir esa O‘zbekiston belgisi tushirilgan sport liboslarim juda ko‘p. Ularning har biri men uchun juda qadrli, chunki davlatimiz bayrog‘i, gerbi tasviri tushirilgan kiyimlarni qayerga kiyib borsam, darrov “Sportchimisiz?”, deb so‘rashadi. Xorijda esa “O‘zbekistondanmisiz?” degan savol bilan yuzlanishadi. Bu kishiga cheksiz faxr, g‘urur bag‘ishlaydi...”

Bu boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalar sovrindori, Tokio Olimpiadasi ishitrokchisi Rayhona Qodirovaning kechinmalari.

Darhaqiqat, davlat ramzi, qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli hisoblangan bayroqni har qanday inson muqaddas bilib, ardoqlab, ko‘z qorachig‘idek asraydi.

Sportchi esa mamlakati bayrog‘i bilan yurt dovrug‘ini dunyoga tanitadi. Shu bois mazkur soha vakillari uchun bayroq yanada ahamiyatli, qadrli.

– Bayroq har davlatning yuzi, – deydi Rayhona. – Masalan, xorijda yurganda ko‘tarib yurgan yoki libosida tasviri tushirilgan bayrog‘i orqali sportchining qaysi davlat vakili ekanligini bilib olamiz. Chet elda o‘z bayrog‘imizni ko‘rsak, behad quvonamiz. Dunyoning turli burchaklarida ko‘kka bo‘y cho‘zib, hilpirab turgan tug‘imizni ko‘rib, ranglari, oy va 12 yulduz tasviri betakrorligidan faxrlanamiz.

Musobaqa zalida juda ko‘p davlatlar qatori O‘zbekiston bayrog‘i ham borligi doim menga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Sportchi sifatida xalqaro musobaqada g‘oliblikka erishganimda bayrog‘imizni boshim uzra baland ko‘tarib, baralla yangrayotgan madhiyamizni tinglaganimda O‘zbekiston farzandi ekanligimdan, shu bayroq ostida yurtimiz sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman.

Rayhona qaysi davlatga bormasin, o‘zi bilan doimo yurtimiz bayrog‘ini olib yuradi. “Bu mening kimligimni, qaysi yurtning farzandi ekanligimni anglatib turadi,” – deydi u.

Dunyo miqyosida o‘tkazilgan eng yirik musobaqalar, ya’ni Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida ishtirokchi davlatlar tomonidan har bir mamlakatning bayroqdori tanlanadi va o‘sha sportchi o‘z bayrog‘ini ko‘tarib, safning oldida yuradi. Qolgan sportchilar esa ularga ergashgan holda maydonga chiqadi. Har bir sportchining qo‘lida ham kichik bayroq bo‘ladi. Jahon arenalarida ana shunday bayroq ko‘targan sportchilarga ko‘plab yoshlar havas qiladi.

– O‘z bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarish – har bir sportchining orzusi. Qanday musobaqa bo‘lmasin, sportchimiz tufayli bayrog‘imiz ko‘tarilganini ko‘rsam, ko‘zlarimga yosh keladi, – so‘zida davom etadi Rayhona. – Ana shunday sharafli soha vakili bo‘lganimdan, davlatimiz bayrog‘ini ko‘p mart yuqori ko‘tarilishiga sababchi bo‘lganimdan g‘ururlanaman. Men baxtliman, chunki biz, yoshlarga barcha imkoniyat yaratilgan. Bularning bari bizga kuchli shijoat bag‘ishlaydi.

Kechagidek yodimda: 2018 yil Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ochilish marosimida  dugonalarim bilan birga yuzimizga O‘zbekiston bayrog‘ini chizdirgan edik. O‘shanda boshqa davlatlar vakillari bizni ko‘rib, hayratga tushgan, bayrog‘imiz chiroyli ekanini e’tirof etishgan, esdalik uchun biz bilan suratga tushishgan. O‘sha voqeani ko‘p bor yaxshi xotiralar bilan yodga olaman.

Rayhona Qodirova Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi olis qishloqda tug‘ilgan. Sportga kuchli qiziqish ko‘plab to‘siqlarni, qiyinchilik va mashaqqatlarni yengib o‘tishda unga kuch berdi. Qiz bola bo‘lsa-da, boksni tanlaganda, ko‘pchilik uni fikridan qaytarishga urindi. Rayhona esa oldiga qo‘ygan ulkan maqsadi sari dadil intilaverdi. O‘zi va ota-onasining orzularini ro‘yobga chiqarish uchun tinimsiz mehnat qildi. Bugun nafaqat mamlakat miqyosida, balki nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan ko‘plab yutuqlari tufayli Rayhonani ko‘pchilik taniydi, hurmat qiladi. Tabiiyki, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatida mashg‘ulotlarga zo‘r bergan bokschi qizga havasmandlar ham bisyor.

– Ushbu musobaqada ham davlatimiz bayrog‘ini sarbaland etish ezgu niyatim, – deya suhbatimizga yakun yasadi Rayhona.

Go‘zal Sattorova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rayhona Qodirova: Davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilishiga ko‘p bor sababchi bo‘lganimdan faxrlanaman