O‘zbekiston davlat konservatoriyasida "Raxmaninov bahori" Xalqaro musiqa san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamkorligida atoqli kompozitor, pianinochi, dirijyor, jahon musiqa san’atidagi darg‘a siymolardan biri Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlanadi.  

Aytish joizki, Sergey Raxmaninov asarlari g‘oyat murakkabligi, chuqur dramatizmga boyligi, muallifning ichki iztirobli psixologik kechinmalarini aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.  

— Musiqaning haqiqiy ixlosmandlari orasida Raxmaninov asarlari g‘oyat katta ahamiyatga ega, – dedi taniqli dirijyor, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O‘rinboyev. – Mazkur festival ham Sergey Raxmaninov ijodiga kengroq kirib borish, undan to‘liq bahramand bo‘lish imkonini beradi. Hayotini musiqa bilan bog‘lagan insonlar borki, ularning faoliyati Raxmaninov ijodi bilan uyg‘undir.  

15 aprelga qadar davom etadigan ushbu festivalda fortepiano uchun konsertlar, kamer musiqa konserti, "So‘g‘diyona" xalq cholg‘ulari kamert orkestri konserti, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, xonandalik musiqasi konserti, ijodiy tanlov, Raxmaninov ijodiga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi anjuman, mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.   

Mazkur festivalda Qozog‘iston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Quvayt, Shveysariya, Germaniya kabi davlatlardan musiqachilar ishtirok etadi. Ular safida O‘zbekistonda tahsil olib, bugungi kunda jahonning turli nufuzli musiqa ta’lim dargohlarida dars berayotgan, xalqaro miqyosda O‘zbekiston nomini baland tutib, konsertlar qo‘yayotgan, nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘layotgan Irena Gulzarova, Eleonora Kotlibulatova, Fazliddin Husanov, Elnura Mirzakamolova kabi musiqa ustalarining borligi e’tiborlidir.  

Nazokat Usmonova, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Raxmaninov bahori" Xalqaro musiqa festivali o‘tkazilmoqda