Raximova Manzura Bozor qizining biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Hajmga bog‘liq hujayraviy jarayonlarga glitsirret kislotasi hosilalari va supramolekulyar komplekslarining ta’siri” mavzusida
Raximova Manzura Bozor qizining 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya ixtisosligi bo‘yicha “Hajmga bog‘liq hujayraviy jarayonlarga glitsirret kislotasi hosilalari va supramolekulyar komplekslarining ta’siri” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.B.01.13 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 26 noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 174 uy.
Tel.: (+99871) 246 68 96.
e-mail: ibb-nuu@mail.ru