Har yili yo‘llar ta’mirlanadi. Mamlakatimizning qaysi hududiga bormaylik, kilometrlarga cho‘zilgan, buzilayotgan yoki ta’mirlanayotgan yo‘llarga ko‘zimiz tushadi. 2009-2016 yillarda 9 trillion so‘m evaziga ming kilometrdan ko‘proq yo‘l qurilgan va 20 ming kilometri ta’mirlangan bo‘lsa, so‘nggi sakkiz yilda bu ko‘rsatkichlar 6 barobargacha o‘sgan. Ya’ni, sohaga 58 trillion so‘m ajratilib, 2 ming kilometr yo‘l barpo etilgan, 100 ming kilometri ta’mirlangan.

Xo‘sh, joylarda yo‘llar sifati o‘zgardimi?  

Yurtimizda transport vositalari sonining ortib borayotgani aholining turmush tarzi yaxshilanib, iqtisodiy imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolatdir.  

Yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l infratuzilmasi ham rivojlanmoqda. D 076 u “Jondor shahriga (289 km dan)” avtomobil yo‘lining tuman markazidan o‘tuvchi qismi asosiy yo‘l hisoblanadi. Yo‘lning avtomashinalar qayrilib olish joyida masofa kamligi sabab 1,2 metrga kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Prezident topshirig‘iga asosan, Surxon vohasining Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi D163 (4R110) “Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tumanning Sopollitepa, Xalq yo‘li, Mehrigiyoh va Tong yulduzi mahallalaridan kesib o‘tuvchi hamda hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km qismini ta’mirlash belgilangan.  

Hozirda Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar hamda mashina-mexanizmlar yordamida ushbu yo‘lning 62–72-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash ishlarining so‘nggi bosqichi, ya’ni, asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Bundan nafaqat mahalliy aholi, balki, yo‘lovchi va haydovchilar ham mamnun.

Sirdaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M34 “Toshkent—Dushanbe” avtomobil yo‘lining 60–62-kilometrlari oralig‘ida joriy ta’mirlash hamda asfalt bosish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beynov” xalqaro avtomobil yo‘li bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirishda Xitoy Xalq Respublikasining “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi pudratchi tashkilot sifatida ish olib bormoqda.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan “Parkentsoy” hududining qirg‘og‘i bo‘ylab aylanib o‘tuvchi, bir tomonlama harakatlanuvchi 2 ta harakat tasmali 4,6 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini qurish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 

Shuningdek, tuman markazida piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida “Parkent dehqon bozori” oldida qiymati 15 milliard so‘m bo‘lgan 2 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi, turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qiymati 8,7 milliard so‘m bo‘lgan yana bir loyiha ishlari jadal sur’atda boshlangan. Mazkur xayrli tashabbus natijasida tumandagi Kumushkon mahallasida joylashgan “Hazrat Ali” ziyoratgohiga olib boradigan yo‘l yangi qiyofa kasb etmoqda.

Xovos hamda Oqoltin tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M34 avtomobil yo‘lining 59—65-kilometrlari oralig‘ida saqlash ishlari olib borilmoqda.

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 264-kilometrida mavjud ko‘prik zovur ustiga qurilgan. Yo‘lning ayni shu qismi juda serqatnov. Ya’ni, kasalxonalar, bozor, avtoshohbekat va turli korxonalar shu atrofda bo‘lgani uchun nafaqat avtotransport vositalari, balki piyodalar qatnovi ham gavjum. Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasining 91-yo‘l bo‘limi tomonidan ushbu ko‘prikning piyodalar o‘tish yo‘lagiga BDO-3 beton to‘siqlari o‘rnatildi.

Farg‘ona viloyati hududidagi avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatlarini tiklash va xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirishga qaratilgan ishlar bajarilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizim korxonalarida yuk avtomobillarining vazn parametrlarini nazorat qiluvchi ko‘chma tarozilar ishga tushirilgan. Farg‘ona viloyatida o‘tgan 2024 yil mobaynidan jami 4 ming 945 ta yuk avtomobili nazoratdan o‘tkazilib, 113 nafar yuk tashish qoidalarini buzgan avtomobil haydovchisiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunda viloyatda 10 dona ko‘chma tarozi punktlari faoliyat yuritmoqda. Quvasoy YFDM tomonidan D089 “Farg‘ona sh. - Quvasoy sh. - Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 7-8 km oralig‘ida transport vositalari vaznini o‘lchovchi ko‘chma tarozi yordamida o‘lchov ishlari olib borildi.

Namangan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D 113 (4R 120) «Iskovot. q–Kosonsoy. sh–To‘raqo‘rg‘on. sh–Jomashuy. sh– Ulug‘nor t.–A 373 a/y» avtomobil yo‘lida haydovchi va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda. Xususan, tuman yo‘lsozlari tomonidan mazkur yo‘lning 55–62-kilometrlari oralig‘ida ayni paytda piyodalar uchun xavfsiz yo‘lak qurish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, yo‘lning qatnov qismini kengaytirish va suv qochirish tizimini yangilash uchun lotok yotqizish ishlari ham bajarilmoqda.

Hududlarda yo‘l tizimini yaxshilashga doir ishlar davom ettiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ravon yo‘llar obod manzillarda bo‘ladi