Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘lsozlik sohasini rivojlantirish, yo‘llarni xalqaro talablar darajasiga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yo‘lsozlar tomonidan zamonaviy yo‘l, yo‘l o‘tkazgich, ko‘prik, piyodalar uchun yer osti va yer usti yo‘llari bunyod etilayotgani aholining uzog‘ini yaqin qilib, harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,  yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarni ta’mirlash, saqlash ishlariga ham bog‘liq.  

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan barcha yo‘llar va 17 dona ko‘prikni ta’mirlash ishlari 15 oktyabrga qadar yakunlandi. Bu boradagi ishlar tizimli davom etmoqda.  

Xususan, Surxon vohasining Denov tumani “Namozgoh” MFY hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi temir yo‘l ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Ob’ektning umumiy qiymati 81,5 milliard so‘m bo‘lib, qurilish-montaj ishlari 2022 – 2024-yillar davomida bajarildi. Ko‘prik qismining uzunligi 300 metr, tirama devor uzunligi 100 metr, ikki tomonlama yo‘lining uzunligi 1200 metr va kengligi 21 metrni tashkil etadi.  

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ham ichki ko‘chalar obod bo‘lmoqda. Namangan viloyati bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” dasturining 2024 yil ikkinchi mavsumida eng ko‘p ovoz olgan hududlarning ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari davom etmoqda. “Tashabbusli byudjet” doirasida Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida Chust tumanining “Sadacha” MFY ichki ko‘chalarida 2 km 549 metr, “Temir-beton buyumlar zavodi” MCHJ tomonidan Namangan shahar “Guzar” MFY ichki ko‘chalarida 2 km 913 metr, “Do‘stlik” MCHJ tomonidan Namangan shahrining “Yangi asr” MFY ichki ko‘chalarida 2 km 300 metr hamda “401-XMMKK” MCHJ tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani “Qizilyozi” MFY ichki ko‘chalariga 3 km 100 metr masofada asfalt yotqizilib, yo‘llar ravon holatga keltirildi.  

“Tashabbusli byudjet” dasturining 2024 yil 2 mavsumida g‘olib deb topilgan Amudaryo tumani “Beshovul” OFY hududiga olib boruvchi 4K46 “4R181 avtomobil yo‘lidan (34 km) — Qilichboy DFX — Paxtakor ovuli — Xorazm DFX” avtomobil yo‘lining 4 —5.5- km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida ushbu yo‘lning 1 km 360 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlariga 10 ta maxsus texnika, 15 nafar ishchi jalb qilingan.  

Sirdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatdagi M34 “Toshkent—Dushanbe” avtomobil yo‘lining 96—99-kilometri oralig‘ida yo‘l chetiga qum-shag‘al aralashmasi to‘kish va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.  

Vobkent tumani O‘zbakon mahallasi hududidagi ko‘prik Vobkent va G‘ijduvon tumanlarini bog‘lab turadi. Mazkur ko‘prik zamonaviy tarzda qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Loyihaviy qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu inshoot pudratchi tashkilot Romitan Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan yangidan qurildi. Qurilish ishlarida 30 nafardan ortiq quruvchi va 20 dan ortiq texnika ishlatildi.  

Oqoltin tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega A373 “M39 avtoyo‘li—Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 0—14-kilometri oralig‘ida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi yo‘l-yotiq chiziqlarini chizish ishlari bajarilmoqda.  

Pop tumanining olis tog‘li hududi bo‘lgan O‘rta Xonobod mahallasi o‘rtasidan kesib oqib o‘tuvchi “Chodaksoy” o‘zining injiq tabiati, vaqti-vaqti bilan kutilmagan oqimi bilan barchani xavotirda ushlab kelgan. Hudud aholisining so‘zlariga ko‘ra, deyarli har yili omonat ko‘priklarni sel oqizar edi. Aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatiga asosan Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida uzunligi 18 metr bo‘lgan, bir mahallaning ikki hududi: Sohil va Nihol ko‘chalarini birlashtiruvchi ko‘prik yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ravon yo‘llar – obod manzillar