Xushxabar: O‘zbekistonlik iqtisodchi dunyoning 100 ta eng kuchli yosh iqtisodchilari reytingida!

Ro‘yxatni hayajon bilan ko‘zdan kechira boshladim. Qani bizning azamat?! Birinchi elliktalikda Osiyodan uch vakil: Yaponiya, O‘zbekiston va Hindiston. MDH davlatlaridan esa yagona nomzod O‘zbekistondan! Dunyoning 100 eng kuchli yosh iqtisodchilari orasida Angliya banki, Garvard, Stenford universitetlari, Parij Iqtisod maktabi nomzodlarini ortda qoldirib, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev 32-o‘rinda turibdi.

Mamlakatimiz sha’niga qo‘shilgan munosib hissa, umummamlakat muvaffaqiyatidan shodlanib, Sharq renessansiga xayolim ketdi. IX asrdan XIII asrning o‘rtalarigacha davom etgan ilk Uyg‘onish davrida ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan. Ulardan biri matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo, Ibn Sino, Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdi. Aql-zakosi bilan Markaziy osiyolik allomalar jahon tamadduni beshigiga benazir dur qadadi.

Dilga shodlik ingani bejiz emas. Zamondoshimiz Xorazmiy yoqqan olovni qayta alangalatdi. Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan qahramonimiz makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish «Iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari» bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy ishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raufxonning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi «Intelligence», «Kyklos», «Environmental Research» kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, «Forbes» agentligi, «National Policy» instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchi olim 2012-yili AQShning «Fulbright» stipendiyasi g‘olibi bo‘lib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir ta’lim dargohida muallimlik qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir.

Raufxon Salaxo‘jayevning muvaffaqiyati Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti uchun London Iqtisod maktabi (Buyuk Britaniya), Angliya banki va Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishga yo‘l ochdi. O‘zbekistonning ushbu reytingdagi ishtiroki mamlakatimiz nufuzi, ilmiy salohiyatiga baho berish, uning kelajakdagi iqtisodiy rivojiga ta’sir etishi shubhasiz.

Mazkur reyting RePEc (Research Papers in Economics) «Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar» tashkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQShdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bo‘limi muvofiqlashtiradi va dunyo bo‘ylab 50 mingdan ortiq iqtisodchilar faoliyati kuzatib boriladi. RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, chop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar bo‘yicha eng yaxshi iqtisodchilar reytingini tuzadi. Reytingda asosan Garvard, Yyel universitetlari, London iqtisod maktabi bitiruvchilari va xodimlari ustun turgan.

Raufxonning yutug‘i kelgusidagi zafarlariga debocha bo‘lsin!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raufxon Salaxo‘jayev – dunyo reytingida!