(V) 4039. Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansoriylardan bir necha kishini yahudiy Abu Rofe’ning oldiga yubordilar. Ularga Abdulloh ibn Atikni amir etib tayinladilar. Abu Rofe’ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozor yetkazar, u zotning zararlariga (boshqalarga) yordam berar edi. U o‘zining Hijoz yeridagi qal’asida yashar edi. Ular uning oldiga yaqinlashishganda quyosh botib bo‘lib, odamlar podalarini qaytarib olib kelishgan edi. Abdulloh sheriklariga: “Joyingizda o‘tirib turing, men o‘zim borib, eshikbonga hiyla qilib ko‘raman, shoyad, kirib ketsam”, dedi. Yurib borib, darvozaga yaqin keldi-da, so‘ng xuddi qazoi hojat qilayotganday, kiyimiga burkanib oldi. Odamlar kirib ketishdi. Shunda eshikbon unga: “Ey Allohning bandasi! Kirmoqchi bo‘lsang, kir, darvozani yopmoqchiman”, dedi.

(Abdulloh aytadi:) “Men kiriboq, yashirinib oldim. Odamlar kirib bo‘lgach, u darvozani yopdi-da, lo‘kidonni qoziqqa ilib qo‘ydi. Men turib, kalitlar tomon bordim-da, ularni olib, darvozani ochdim. Odatda kechki payt Abu Rofe’ning huzurida suhbatlashib o‘tirishar edi. U boloxonasida ekan. Suhbatdoshlari ketgach, uning oldiga chiqdim. Har eshikni ochganimda, ortimdan (ichkaridan) qulflab olar edim. (Ichimda) “Odamlar meni sezib qolishsa, uni o‘rdirgunimcha menga yeta olishmaydi”, der edim. Uning oldiga yetib bordim. Qarasam, u qop-qorong‘u uyda, ahli-oilasining orasida ekan. U uyning (aynan) qayerida ekanini bila olmasdim. Shunda men: “Ey Abu Rofe’!” dedim. U: “Kim bu?” dedi. Ovoz tomonga burilib, unga qilich urdim. So‘ng eshiklarni birma-bir ochib, narvonga yetib keldim. Yerga yetdim deb o‘ylab, oyog‘imni qo‘ygan edim, yiqilib tushib, boldirim sindi. Uni sallam bilan bog‘lab oldim. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yetib borib, u zotga (bo‘lgan voqeani) aytib berdim. Shunda u zot: “Oyog‘ingni uzat”, dedilar. Men oyog‘imni uzatdim. U zot uni silab qo‘ydilar. Oyog‘im umuman og‘irmagandek bo‘lib qoldi”.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RASULI AKRAM MO‘’JIZALARI "SAHIHUL BUXORIY"DA: singan oyoqning shifo topishi...