“Rassom ustaxonasi” Hayotiy ranglar musavviri (+video) 1-qism
“Rassom Ustaxona” loyihasining bu galgi bu galgi qahramoni o‘z asarlarida buyuk allomalarimiz, milliy o‘zligimizni aks ettirib, tasviriy san’at asarlari bilan xalqimizni hayratlantirayotgan rassom Erkin Orol hisoblanadi.
Rassom Erkin Orol ijodida yorqin va jozibador ranglar ustuvor o‘rin tutadi. Uning asarlari falsafiy mazmuni, samimiyligi va hayotiyligi bilan tomoshabinni o‘ziga jalb etadi. Rassom portret janrida samarali ijod qilib, “G‘iyos bobo”, “Davlat bobo”, “O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullayev”, “Boymurod To‘xliyev”, “Bir asrni yashab qo‘yganlar...”, “Singlim Sojida” kabi asarlarni yaratgan. Shuningdek, u san’at namoyandalari — Turg‘un Azizov, Botir Zokirov va Sevara Nazarxonova obrazlarini ham o‘z polotnolarida mahorat bilan aks ettirgan.
Rassom Erkin Orol bilan suhbatimiz davomida ijodi milliy ruh, hayotga muhabbat va tabiat go‘zalligini ranglar orqali tarannum etuvchi badiiy olam haqida fikrlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TPkgrpj5p_0" title="Hayotiy ranglar musavviri (+video)1-qism" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA