O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi rangtasvirchi rassom Yanis Salpinkidi hayoti va ijod yo‘liga bag‘ishlab ishlangan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qayd etilganidek, Yanis Salpinkidi hayotga muhabbati baland, romantik dunyoqarashli rassom bo‘lib, uning asarlari O‘zbekiston muzeylarida hamda xorijiy shaxsiy kolleksiyalarda namoyish etib kelinadi.

Garchi u yunon millatidan bo‘lsa-da, tarbiyasi, faoliyati va ijodi butunlay o‘zbek zaminiga bog‘langan. U aynan shu yurtda o‘zini rassom sifatida topdi. U mamlakatimizning turli hududlarida sayohat qilib, noma’lum joylar va qadimiy yodgorliklarni tasvirlagan. 

Rassom Salpinkidi 400 dan ortiq rangtasvir asari va mingdan ziyod grafik ishlar muallifidir. U portret, manzara, natyurmort kabi janrlarda ijod qiladi. 

Rassom 40 yildan ortiq vaqt davomida o‘z bilim va tajribasini yosh avlodga bag‘ishlab kelmoqda. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchilikdan boshlab professorlik darajasigacha yetgan. Uning ko‘plab shogirdlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan taniqli rassomlardir.

Yanis Salpinkidi tasviriy san’at nazariyasi va tarixiga oid 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Filmda rassomning faoliyati yorqin va qiziqarli sahifalarda tasvirlangan bo‘lib, o‘zining qiziqarli hamda jonli hikoyalari bilan e’tiborni tortadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rassom hayoti haqida film suratga olindi