O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan:
Bobir Norboboyevich Islomov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Nodirjon G‘apporovich Rasulov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovgacha B.Islomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida, N.Rasulov Navoiy viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga muvofiq, yozma arizasiga asosan – Sh.Abbosov Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
N.Abduraimova, O‘zA