Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi binosi oldida fuqarolar bilan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videolavha yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada fuqarolar oʻzlarining shaxsiy murojaatlari bilan viloyat hokimligi binosi oldiga norasmiy manbalarga ishongan holda, viloyat hokimi qabuli oʻtkazilayotganini aytib, ushbu qabulda ishtirok etish maqsadida kelganliklari maʼlum boʻldi. Ushbu fuqarolar yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi uchun tartibsizlik yuzaga kelgan.

Shu kunning oʻzida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Egamberdiyev boshchiligida barcha oʻrinbosarlar tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi. Shuningdek, ushbu fuqarolarga viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan jadvalga asosan har oyning oxirgi shanba kunida oʻtkazilishi tushuntirildi.

Maʼlumot uchun: Murojaat bilan kelgan aholining murojaatlari roʻyxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida tegishliligi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va nazoratga olindi.

Andijon viloyati hokimligi
Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RASMIY MUNOSABAT
Жамият
17:44 / 27:10:2020