Bu haqida O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 22 sentyabrdan boshlab rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarning ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ydi. 

Shuningdek xabarda qayd etilishicha, ushbu mexanizm kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hamkor tijorat banklariga ipoteka kreditlarini yana-da kengroq qatlamga taqdim etish imkonini beradi.

Mazkur yangi amaliyotning joriy etilishi rasmiy daromad hujjatlarini taqdim eta olmaydigan, ammo barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlarga ipoteka kreditlarini moliyalashtirish boshlandi