Rasman: Zinedin Zidan - Fransiya Milliy jamoasi bosh murabbiyi
Avvalroq tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangani xabar qilingan edi.
Madridning "Real" klubining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi ishga ega bo'ldi. 54 yoshli mutaxassis Fransiya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilindi.
Avvalroq tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangani xabar qilingan edi. Zinedin jamoa bosh murabbiyi lavozimida 2026 yilgi jahon chempionatidan so'ng o'z faoliyatini yakunlagan Didie Deshamning o'rnini egalladi.
Shimoliy Amerikada bo'lib o'tgan o'tgan mundialda Fransiya terma jamoasi yarim final bosqichiga qadar yetib borgandi. Hal qiluvchi final ostonasida "uch ranglilar" Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa fransuzlar Angliyaga 4:6 hisobida mag'lub bo'lishdi.