“Choch va Ustrushona tog‘li hududlari o‘rta asr aholisining jismoniy xususiyatlari” mavzusida
Rashidov Niyoz Nizom o‘g‘lining 07.00.06 – Arxeologiya (Tarix fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Choch va Ustrushona tog‘li hududlari o‘rta asr aholisining jismoniy xususiyatlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/10.01.2024.Tar.169.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 1 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140151, Samarqand shahri, Vohid Abdullayev ko‘chasi, 3-uy.
Tel./faks: (99866) 232-27-75.
e-mail: samarkandai1970@gmail.com