Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.   

Senatorlar mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi hamda Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.   

Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.   

Eslatib o‘tamiz, X.To‘raxo‘jayev tajribali yurist. Ko‘p yillar sud, adliya, Prezident devoni hamda boshqa davlat idoralarida mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlab, katta tajriba orttirgan.  

2021 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. O‘tgan yili “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.   

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi saylandi