Milliy matbuot markazida «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi tomonidan tarmoqda amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sh.Sheraliyev teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash, investitsiyalar jalb qilgan holda soha korxonalarini texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Joriy yilda tarmoq korxonalarida umumiy qiymati 18 million dollardan ziyod 9 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 2016-yilning birinchi choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,1 foizga o‘sgan.

Aholining sifatli charm-poyabzal mahsulotlariga talabidan kelib chiqib, tarmoq korxonalarida import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Xususan, 300 dan ortiq turdagi poyabzal hamda 70 yangi turdagi charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida uchta loyihaning amalga oshirilishi natijasida import o‘rnini bosadigan uch turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan.

Mahsulotlar Janubiy Koreya, Xitoy, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga yetkazib berilishi yanada kengayib, eksport ko‘rsatkichlari prognozga nisbatan 38,3 foiz yuqori bo‘lgan.

– Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar eksport hajmining o‘sishi hamda geografiyasining kengayishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqarma boshlig‘i M.Zohidov. – 2010-yilda uyushma korxonalari tomonidan 1 million 300 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 190 million 500 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda korxonalarga chet el investorlarini jalb qilish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish, yangi korxonalarni tashkil etishga qaratilgan 264 loyiha amalga oshirilib, uch mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqobatbardoshlik ta’minlanmoqda